Taskin Ber

Taskin Ber

Ko‘rmayin ergashdik izingiz haqqi.
Jannatda porlagan yuzingiz haqqi.
«Ummatim!» dedingiz so‘zingiz haqqi.
Bizlarni kechiring yo Rosululloh.

Sigaret chekyabmiz musulmonmiz deb.
Aroq ham ichyabmiz musulmonmiz deb.
Faxshni quchyabmiz musulmonmiz deb.
Bizlarni kechiring yo Rosululloh.

Tiniq buloq suvin voh loylayabmiz.
Eh bizlar dunyo deb hech to‘ymayabmiz.
Ochko‘z bo‘lib qoldik yeb to‘ymayabmiz.
Bizlarni kechiring yo Rosululloh.

Mo‘’minmiz deymiz-u qalb ko‘zimiz ko‘r.
Ummatmiz deymiz-u amalimiz g‘o‘r.
Gerdayib yurishda biz hammadan zo‘r.
Bizlarni kechiring yo Rosululloh.

Qalbimiz matohga boylandi bu kun.
Yurakka hasadlar joylandi bu kun.
Dinimiz niqobga aylandi bu kun.
Bizlarni kechiring yo Rosululloh..

Бейне
KZhead