#6 Anomal sovuq yana bo‘ladimi? Bizni sekin o‘ldirishyapti - Lolazor podcast

2024 ж. 22 Мам.
35 259 Рет қаралды

Ushbu sonda 2023-yil yakunlari, ortda qolgan muhim voqealar, referendumlar, ekologiyaning yomonlashishi, havoning ifloslanishi va buni bolalar sog’lig’iga jiddiy ta’sir ko’rsatayotgani, yanvar oyida anomal sovuq bo’lish ehtimoli va boshqa mavzularda gaplashdik.
Bu galgi mehmon - iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov.
📻 Podcastni eshitish uchun:
• Yandex Music:
music.yandex.ru/album/28403554
• Apple Podcasts:
podcasts.apple.com/us/podcast...
• Spotify:
podcasters.spotify.com/pod/sh...
00:00 Tizer
00:53 Boshladik!
01:25 Izohlar vaqti
04:15 Yangi yil oʻzi qanday bayram?
06:35 “Shunday gaplarni shapka kiyib aytsak boʻladi”
06:55 Yangi yil - eng avvalo bolalar bayrami
13:37 Otabek Bakirovning yil sarhisobi
15:27 Statistika qoʻmitasi bilan yozishmalar
17:50 Yil davomida roʻy bergan eʼtiborga molik voqealar
19:37 Motam eʼlon qilish haqida
23:02 Oʻtmishdagi referendumlar
25:55 Qozogʻistonlik qiziqchining hazili
29:57 1995-yil 26-martdagi referendum
31:23 Anomal sovuq va energetika masalasi
32:52 Anomal sovuq vaqtida taʼlim bilan bogʻliq holat
36:00 Podkast mehmoni - iqlimshunos Erkin Abdulahatov
36:48 Changning inson salomatligiga taʼsiri
40:33 Bolalar kasallanishiga havoning ifloslanishi sabab boʻlmoqda
45:57 Magnit boʻroni haqida
50:20 Kislorod kamayotgani haqida maʼlumotlar qaror qabul qiluvchilarga ham beriladimi?
51:50 Havo buzilishiga sabablar
54:00 Yashillilik yomgʻirni koʻpaytirishi mumkin
56:46 Tojikiston va Qirgʻiz Respublikasi GESlar hisobiga tok ishlab chiqaradi
1:02:15 Qambarota va Rogʻun GES boʻyicha xulosa
1:05:35 Markaziy Osiyo zanjiridagi kelishuvlar
1:09:53 Oʻzbekiston qishda qoʻshni davlatlarga elektr energiyasi beradi
1:11:28 Qoʻshtepa kanali qurilishi moliyalashtirilishi haqida
1:14:15 Ekologiyani yaxshilash uchun nima qilishimiz kerak?
1:23:23 Toshkentda kechqurun dim boʻlib ketishining sababi
1:24:24 Betonlashtirish avjida
1:25:55 Toshkent iqlimini normal holatga keltirish uchun nima qilish kerak?
1:30:00 Avtobuslar olib kelindi, lekin tirbandlikni yoʻq qilish uchun hech nima qilinmadi
1:33:17 Chegaralar delimitatsiyasi
1:34:43 Oʻzbekistonning 6 ta viloyatida shamol va quyosh elektr stansiyalari ishga tushirildi
1:36:00 2024-yilda hukumatdan nimalarni kutyapsiz?
1:40:55 Abdulla Qodiriyning 100-yil oldin yozganlari hamon aktual
1:43:30 Anomal sovuq kutilyaptimi?
1:47:11 Ekologiya masalasida tezroq nimadir qilishni boshlash kerak
1:50:02 “Ustunlik odamlarga emas, qurilish va biznesga berilgan”
1:51:50 Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi qurilish sektoriga boʻysundirilgan
1:58:38 “Hali juda katostrofamas”
2:02:17 “Chet elga chiqsa odam kasal boʻlmaydi”
Kanalimizga obuna bo'lish: 👉 bit.ly/Xushnudbek
#Xushnudbek #lolazor #podcast
☎️ Reklama boʼyicha murojaat:
Telegram: t.me/xushnudbekreklama
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim:
✅ Telegram kanal: t.me/xushnudbek
🔶 Instagram: / xushnudbek
💬 Twitter: / xushnudbeck
🔵 Facebook: / xushnudjohn

Пікірлер
  • Ekologni fikrlash tarziga, usullariga qoyil IQ darajasi juda yuqori ekanligi bilinib turibdi. Menimcha barcha davlat mulozimlari vazirlar, hokimlarni IQ testdan o'tkazish kerak va IQ darasini ochiq e'lon qilish kerak.

    @Tulqinnormatov79@Tulqinnormatov794 ай бұрын
    • Tóĝri fikt

      @MaqsudaPanjiyeva@MaqsudaPanjiyeva4 ай бұрын
    • Fikr

      @MaqsudaPanjiyeva@MaqsudaPanjiyeva4 ай бұрын
  • Эркин Абдилахатов сизга респект! Жуда қизиқ ва керакли маълумотлар олдим. Мана шундай мутахассисларимизни чақириб турингизлар.

    @user-nd7jb1eb8x@user-nd7jb1eb8x4 ай бұрын
  • Har bir òzbekistonlik kórishi lozim bòlgan son chiqibdi, mehmon akaga esa alohida respekt, hammangizga rahmat!

    @temurbektoshtemirov7432@temurbektoshtemirov74324 ай бұрын
  • Erkin Abdulahatovga katta rahmat! 5-6 yil avval, O’rta Osiyda suv muammosi sababli kelajakda urush bo’lishi ham mumkin degan hisobotni o’qigan edim, ana shu kunlar yaqinlashib kelayotkani bugungi suhbatda yanada aniqroq bo’lib boryapti… 😢 Allohim o’zing yurtimizni panohingda asragin!

    @Exceldarslari@Exceldarslari4 ай бұрын
  • Сухбатни деярли тулик курдим... Мени уйлантирган нарса, жуда катта тингловчиларга эга булган иштирокчилар мутахасисни фикрларидан (Эркинжонни) таажжубга тушмокдалар. Бу жараёнлар аник эдику (балки биз мутахасис булганимиз учун тушунарлидир). Тушунишимча бундай сухбатларни купайтириш керак. Рахмат Эркин

    @user-dd9xu7lg2y@user-dd9xu7lg2y4 ай бұрын
  • Podkastdagi men uchun eng qadrli fikr, Xushnudbek Xudoyberdiyevning "Xalq sizlarni saylasa xalqqa xizmat qilar edinglar, afsuski xalq sizlarni saylamayapti va natijada xokimiyat xalq uchun ishlamayapti". Hamma muammolarning yechimi mana shu masalaning yechilishida.

    @fanvatalim1648@fanvatalim16484 ай бұрын
  • Халкимизнинг уйґок калблари подкаст учун рахмат! Сухбат ва подкастларингиз бардавом бу́лсин!

    @ironlady9173@ironlady91734 ай бұрын
  • Juda zo'r podcast bo'pti. Maktab ta'limimizni kuchaytirishimiz kerak, agar bolalarimiz juda aqlli bo'lmasa ulardan oldingi avlodlar vayron qib ketgan joyda yashashi qiyin.

    @savdoyiodam@savdoyiodam4 ай бұрын
  • Подкаст жуда яхши буляпти. Давомий булсин. Эколигимиз айтган лоихалар диймизми ушаларни кушни Давлатлар билан хамкорликда келишиб амалга ошириш жуда зарур. Эколигимиздан сурамокчи булганим Кашкадарë вилояти камаши туманига канака дарахтлар экса максадга мофик буларди.

    @user-zy6yn4cj7l@user-zy6yn4cj7l4 ай бұрын
  • Mazza qilib ko'rdim! Alloh rozi bo'lsin! Keyingi sonlar chiqishini albatta kutib qolaman. Hech yo'q sizlar gapirib turibsizlar, sizlarni ovozlaring doim jaranglab tursin! Va eng muhimi muammolar ham hal bo'lsin!

    @sarvarmuhammad28@sarvarmuhammad284 ай бұрын
  • Podcastning bu soni qolganlaridanda anchagina foydali bo'libdi. Ko'proq shunday mehmonlarni chaqiringlar. Foydali va Shu bilan birga "og'riqli" ma'lumotlar uchun kattakon rahmat. Podcast davomiy bo'lsin ishlaringizga rivoj.

    @Emris_007@Emris_0074 ай бұрын
  • Xurmat qiladigan joyim bu padkast tabbiy samimiy va yolg'on yo'q barakalla

    @user-hg9kg6sb9z@user-hg9kg6sb9z4 ай бұрын
  • Assalomu aleykum. Menimcha, podcast hozircha eng foydali mehmonni taklif qildi. Yaxshi tendensiya qilib olsanglar boʻladi. Keyingi mehmon uchun taklif: doktor Ishchanov. Ababiyotshunoslardan, tarixchi, ITichilarni ham taklif qilsanglar. Aktyor, qoʻshiqchi va shunga oʻxshagan insonlar boshqa podkastda chiqqani maʼqulroq. Otabek aka, baribir podkast miyasi. Hushnudbek, xuquqiy maslahatlaringizni ham ayamang.

    @baton8509@baton85094 ай бұрын
  • Ovoz bilan bog'liq yana ozgina muammolar bo'libdi. Ijodlaringizga omad

    @kushbakovislombek3110@kushbakovislombek31104 ай бұрын
  • Мехмон дунё караши кенг аклли кейинчалик шундай мехмонларни чакирингизлар 2024 барчага Муборак

    @AllamurodGofurov@AllamurodGofurov4 ай бұрын
  • Assalomu alaykum. 1) 20-daqiqada Otabek Bakirov gapiraman degan gaplarini gapira olmadilar Xushnudbek Xudayberdiyev 2 marta boʻldidlar. 2) 29-daqiqada hamma Xushnudbek Xudayberdiyevni gapini boʻldi😅. 3) 1 soatu 31-daqiqada Qobil aka gapirmoqchi boʻldilar Xushnudbek Xudayberdiyev yana boʻldilar. Menimcha shu joylarga eʼtiborliroq boʻlish zarur. (Katta katta shaharlarda kichik anglashilmovchiliklar boʻlib turadi) qabilida ish tutish mutlaqo xato ayniqsa gap Lolazor podcasti haqida ketsa. Rahmat

    @ToshpolatShukurullayev@ToshpolatShukurullayev4 ай бұрын
  • Sovuq kunlarda issiq video uchun raxmat

    @alyoshamyu3798@alyoshamyu37984 ай бұрын
  • Depressiyaga tushdim bu podcastdan keyin, biz ekologiya masalasida o'tirib aniq strategiylar tuzishimiz kerak va chet el moliyasini ko'proq jalb etish kerak.

    @mirzoyuldawev3293@mirzoyuldawev32934 ай бұрын
  • Juda aktual mavzu bo'libdi. Mexmon Erkin akaga va barcha ishtirokchilarga rahmat. Alloh rozi bo‘lsin barchamizdan. Ochiqchasiga, bor haqiqatni gapirishdan qo‘rqmanglar. Endi Lolazorni yangi sonini kutib yuradigan bo‘lib qolaman shekilli Xushnudbek😊

    @farrukh_770@farrukh_7704 ай бұрын
  • podcastni birinchi sonidan beri qoldirmay ko`rib boraman va ahamiyat berganim qatnashuvchilardan qaysidadir yangi kerakli ma'lumot va fikrlar bo'lsa Otabek aka Bakirov diqqat bilan eshitadi.

    @user-xt4zg9gp5t@user-xt4zg9gp5t4 ай бұрын
  • Гап йо акала бошашмела супер😊😊😊

    @user-gi9xi6hf5f@user-gi9xi6hf5f4 ай бұрын
  • Shunchaki ajoyib! Davomiy bõlsin

    @user-cu9gn3rd8l@user-cu9gn3rd8l4 ай бұрын
  • Muxrim akaning reaksiyasi - TOP)

    @nodirbekesonov1602@nodirbekesonov16024 ай бұрын
  • гап йук ака купрок курсатув таерлангла, биз анча дунекарашимиз усади.

    @kerak-ey3vr@kerak-ey3vr4 ай бұрын
  • Oxiri gaplar udar boldi

    @khusniddinziyodullaev2079@khusniddinziyodullaev20794 ай бұрын
  • Suhbat uchun barchag rahmat! Juda muhim mavzular ko'tarilibdi va birato'la yechimlar berib ketilgani foydali va manfaatli bo'ladi deb umid qilaman. Tizerni ko'rib Xushnudbek "ichar ekanmi" deb ko'rsatuvni oxirigacha ko'rdim va professional baribir professional ekanda deb qo'ydim. Barcha ishtirokchilarning Ishlariga omad tilab qolaman!

    @mirzokhidkoriev3840@mirzokhidkoriev38404 ай бұрын
  • Жуда кучли экспертлар гап йук хаммеларга омад

    @user-jk4gc5qd2n@user-jk4gc5qd2n4 ай бұрын
  • Қойил, гап йўқ.

    @user-hz6cl3dz4j@user-hz6cl3dz4j4 ай бұрын
  • Birinchi marta Otabek aka ko‘p gapirishda ikkinchi o‘ringa tushib qoldi😂😂🎉🎉🎉🎉

    @ravshanbekrajabovfikri@ravshanbekrajabovfikri4 ай бұрын
  • Ассалому алайкум муаммоларни ечимининг йўлларидан бири айнан сизлар каби жамоатчиликнинг эътиборини шу муаммоларга қаратишда.Одамларни фикрлашга,ўйлашга ундаётганингиз ва шу юртни келажагига бефарқ бўлмаганингиз учун рахмат.

    @kamoltulaganov9937@kamoltulaganov99374 ай бұрын
  • Koʻproq olimlarni mutaxasislani mehmonga chaqiringlar zoʻr chiqibdi shu podcast xalq olimlarni taniydi koʻproq tusjunchaga ega buladi

    @erudit6578@erudit65784 ай бұрын
  • Ko'rib maza qildim. Ham kulgu ham siyosat ham iqtisodiyot va ekologiya

    @sherzodbekturdaliyev5767@sherzodbekturdaliyev57672 ай бұрын
  • Бу сафарги лола чиройли экан. Фаķат ýртага ķýйилса, янаям чиройли кýринар эди

    @zebosherboyeva4472@zebosherboyeva44724 ай бұрын
  • Assalomu alaykum, loyiha juda zo'r. Xushnud aka podkastning katta qismi ishtirokchilarning bolalik o'tmishini eslash bilan o'tib ketdi. Ishtirokchilarning barchasi davrimizning Munavvarqori va Behbudiylari kabidir. Ularning zehni o'tkir, fikrlari tiniq. Shuning uchun iloji boricha voqealar haqida emas, balki g'oyalar haqida suhbatlashsangiz nur ustiga a'lo nur bo'lar edi.

    @montekristo9647@montekristo96474 ай бұрын
  • Muhrim aka doim keb tursinlar ora - orada askiya qilib kayfiyat muvozanatinu ta’minlab turadilar.

    @nurullohisojonogli@nurullohisojonogli4 ай бұрын
  • Iltimos ovoz rejisyori olinglar. Qolganlari zo'r.

    @ulugbektuychiyev8321@ulugbektuychiyev83214 ай бұрын
  • Televizorda bir dastur yaratib olsangizlar boʻlar ekan,yaxshi suhbat boʻlibdi👍 Ijodingizga OMAD

    @user-je9pc4ck9y@user-je9pc4ck9y4 ай бұрын
  • Bu podkastni eshitgan , koʻrgan inson kamida 20 ta daraxt ekishi kerak

    @LIKEUZ@LIKEUZ4 ай бұрын
  • Ishlarizga omad tiliyman olloh uzi qullasin sizi

    @user-bw9ds9tn5k@user-bw9ds9tn5k4 ай бұрын
  • Podcast juda zo'r chiqibdi. Otabek aka va Muhrim aka doim qatnashsin

    @boburmirzoabdullayev1399@boburmirzoabdullayev13994 ай бұрын
  • Sizlarni podcastlarizga ko’rmasdan turib layk bosaman, chunki jamoa juda to’g’ri tuzilgan.

    @orifshamsiyev4799@orifshamsiyev47994 ай бұрын
  • Chindan har sonda lolazor degan nomga munosib mavzular muhokamasi bo'lyapti (mumtoz adabiyotda ham iztirobga to'lib ketgan oshiq yuragi lolazorga qiyos qilinanadi-ku), berilgan takliflar, ko'rsatilyotgan yechimlar mafaatli. LOLAZORlaring bir kun kelib yashillansin. Yangi yil muborak!

    @azizaxayitova2895@azizaxayitova28954 ай бұрын
  • Mavzu juda aktual.Bir o'tirishda kiprik qoqmay ko'rgudek.

    @gulnozashermatova7658@gulnozashermatova76584 ай бұрын
  • 👍gap yo'q

    @mavlonbekdexqobvoyev4633@mavlonbekdexqobvoyev46334 ай бұрын
  • Assalomu alaykum podkast juda yaxshi bõldi ,kõtarilgan mavzular anchayin dolzarb,oxirigacha kõrdim,ekologiya bõyicha ekspertga rahmat podkast a'zolari bõsh kelmanglar.

    @navbahorboltayeva781@navbahorboltayeva7814 ай бұрын
  • Gap yuq juda zo'r suhbat bo'libdi raxmat sizlarga !

    @lazizbekjumayev8085@lazizbekjumayev80854 ай бұрын
  • Podcast uchun rahmat! Otabek aka TOP darajada doimgidek😅 2024 yilda ham hamma Qo’mitalar hayiqib yursin Otabek akani fikrlaridan, biz xalq manfaati uchun) Iltimosim: Ixtiyor Esonov ustozimizni ham chaqiringlar, mazza qilaslar, xalqni ichidagi odam, Xushnud aka

    @ganizoda_ulugbek@ganizoda_ulugbek4 ай бұрын
  • Juda foydali bo'ldi! Turkmanistondagi gaz zaxiralari haqida gap ketayotkanida MUXRIM akaning emotsiyalari biram achinarli edi... 1:00:43

    @shamchiroqq@shamchiroqq4 ай бұрын
  • Podkastga internetda kam lekin asli haqiqiy ishini mutaxasislarini chaqirish kerek va bu juda qiziqarli xam foydali boladi.

    @user-hy3hg9pe8f@user-hy3hg9pe8f4 ай бұрын
  • Ovozda yana ozgina muammo bõptiku Xushnudbek aka. Omad tilayman juda ajoyib podcast bo'libdi

    @golibjan4133@golibjan41334 ай бұрын
  • Manimcha juda yaxshi podcast bo'lgan. Erkin akani oldindan kuzatib boraman. Bilimli va fikrlashi keng olim ekanligi juda yaxshi bilinib turibdi. Bu Insonga havas qilaman. Nafaqat o'zining yo'nalishi, balki boshqa sohalarning ta'sirini ham aytib o'tdilar.

    @user-mv3pj4xj6p@user-mv3pj4xj6p3 ай бұрын
  • Yaxshi padkas shunaqa saviyali kursatuvlar kupayaversin omad

    @user-fu5ub2wn3c@user-fu5ub2wn3c4 ай бұрын
  • Sistema katta ehtimol bilan to'g'irlanmaydi, sababi Boshliqlarning uylari yashil joylarda va bolalari nevaralari xatarsiz hududlarda, yechim sifatida shuni aytish mumkinki jamoatchilik birlashib(boybuvalar ko'magida) bosqichma-bosqich ish(ekologik hasharlar) qilmasak bo'lmaydi. Kimdir bu faqatgina yozuv desa adashadi, men bunga birinchilardan tayyorman(medal uchun emas).

    @umidhakimov7506@umidhakimov75064 ай бұрын
  • Bugun chiqarishglaringni talab qilamiz!!!

    @murodaliismailov2503@murodaliismailov25034 ай бұрын
  • Ассалому алайкум! Подкаст доирасида кўрилаётган мавзулар ҳар доимгидек актуал! Илтимос имкон бўлса давлат ташкилотларининг хеч қачон жавоб бермайдиган ишонч телефонларига хам вақт ажратинглар, айниқса МИБ ташкилотига!

    @michealscofield1317@michealscofield13174 ай бұрын
  • hamma joylarga havo datchiklarini o'rnatib tashlasa yaxshi bo'lar ekan, hamma ko'rib yomonligini bilib turadi va nimadir qilishni boshlashar

    @blogbek@blogbek4 ай бұрын
  • Bu podkast Otabek aka uchun yaxshi minbar buldi deb uylayman, sababi Otabek aka uchun telegram va twitterdagi postlarga sigʻdira olmayotgan fikrlarni batafsil gapirib bermoqda.

    @zoirchorieyv8613@zoirchorieyv86134 ай бұрын
  • Otabek aka hisob kitob bayrami deb yaxshi ta'riflardan birini berdi. Men hisob kitoblarimga ko'ra shuni angladimki 2023-yildagi menga eng yetishmagan narsa bu fokus bo'libdi(ko'p yaxshi natijalarga erishgan bo'lsamda, fokus balandroq bo'lganda ko'proq natijalarga erishgan bo'lardim). Xuddi shunday davlat, hukumat ham fokus bilan 2024 dagi qilinadigan asosiy ishlarga yondoshishi kerak. Ko'p narsalarga chalg'imay(bu yerda gap asosiy bemazmun harajatlar haqida ketmoqda).

    @bahromjabborov3079@bahromjabborov30794 ай бұрын
  • Juda ham ajoyib qoill bardavom bolsin Bobur Akmalovni ham chaqirilar iltimos

    @doniyorbekkurbanov4723@doniyorbekkurbanov47234 ай бұрын
  • Отабек ака, бутун Булокбоши тумани ахолиси номидан сизга илтимос. Бизнинг туманда тоглик худудларда хитой компаниялари оркали цемент ишлаб чикариш авжига чикди. Нафас олиш борган сари кийинлашмокда. Хабарим бор, бу муаммони аввал хам кутаргансиз, бонг ургансиз. Илтимос, навбатдаги подкат давомида шу мавзуни кенгрок мухокама килиб беринглар. РАХМАТ

    @user-tv4ix4lx6n@user-tv4ix4lx6n4 ай бұрын
  • Lolazor hech ovoz rejissoriga yolchimadi yolchimadida:) Har sonda ovoz bilan qandaydir muommo bo'ladi:)

    @qalbchiroq@qalbchiroq4 ай бұрын
  • Поворот сибирских рек мавзуси келажакда кутарилиши учун биз нима қилдик ва нима қилмоқчимиз

    @qundizayqazaqbayeva8192@qundizayqazaqbayeva81924 ай бұрын
  • Rahmat sizlarga. Zoʻr mehmon chaqiribsiz. Bundan buyogʻiga ham iqtisodchi, tarixchi, kimyogar kabi boshqa sohalardagi olimlarni ham chaqiringlar, iltimos.

    @shohzodbahriyev8124@shohzodbahriyev81244 ай бұрын
  • Assalomu alaykum podcastlar juda foydali bo'lyapti. Keyingi sonlarda shaharsozlik haqida suhbat bo'lsa yaxshi bo'lar edi. Urbanist Iskandar soliev bilan.

    @ea_kmal_@ea_kmal_4 ай бұрын
  • Tushundim, yarim soat bemalol gapirib olaylik keyin Erkin akani oldiga tusholmaymiz, deb mehmoni kiritmay turgan😂

    @ravshanbekrajabovfikri@ravshanbekrajabovfikri4 ай бұрын
  • Hushnudda bilim chuqur Maa shaa Alloh

    @axlihalaf7160@axlihalaf71604 ай бұрын
  • Албатта биз Лолозорни довомий булишини тарафдормиз бу сизларни Иродангизга бошлик купрок

    @user-qm4to7ix9i@user-qm4to7ix9i4 ай бұрын
  • Men xam yangi yil tabrigini faqat O'zbek tilida aytilib Ingliz tili subtitrida berilishi tarafdoriman.Rus tiliga e'tibor bergan sari Ruslar buni qo'rqoqlik deb battar talab qo'yishni boshlayabdi.Nega o'zimiz rossiya orbitasidan chiqishni o'rniga orbitada aylanib yuribmiz?

    @user-xs6lo3jk4h@user-xs6lo3jk4h4 ай бұрын
  • Juda to'g'ri, keng ko'lamli yondashuvlar

    @k.u.y.7117@k.u.y.71174 ай бұрын
  • Ekologiyaga spesifikatsiya qilish kerak, shu podcastni

    @ziyodev@ziyodev4 ай бұрын
  • Гапни айлантирмай янги йилни ростакам кутиб оламиз денг, янги йилни нишонламайдиганлар ҳам барибир нишонлашади. Шу жумладан мен ҳам бир йилги заҳматларни ортга ташлаб янги режа ва ғоялар билан кутиб оламиз ҳеч бўлмаса календарьни байрам деб қарасак ҳам барибир энг яхши ҳордиқ чиқарадиган яхши орзу умидлар билан кутиб оламиз болалар ҳам катталар ҳам.

    @hikmatillorahimov3631@hikmatillorahimov36314 ай бұрын
  • Mazza qildim. Ofarin. Raxmat barchangizga..

    @Xayrulla_kushmanov@Xayrulla_kushmanov4 ай бұрын
  • Assalamu alaykum juda mazza qilyabmiz tomosha qilib.Endi telvideniyaga obchiqilar ko'rsatuvlarindi kuproq xalqimizga yetib borsin.Omad .Katta rahmat

    @elyorgaynazarov9328@elyorgaynazarov93284 ай бұрын
  • Omad ishlarga. Allohga shukr men anchadan buyon qayg'urib yurgan mavzular ko'tarila boshladi

    @xayrullatogayev8636@xayrullatogayev86364 ай бұрын
  • Juda ham sifatli loyiha. 2024-yilda bundanda ko’prog’ini kutamiz. Hukumatdagilarga esa insof tilayman.

    @dostonbektemirov1001@dostonbektemirov10014 ай бұрын
  • Yana bir taklifim bor edi, Toshkent ekologiyasi masalasida : Toshkentda mashina umuman xaydalmaydigan Oy kunini oldindan belgilab olib shu kuni avtomashina, avtobusni xaydalmasligini kelishib olishimiz kerak(yakshanbaga mo’ljallab), 01,02,03,04 lar bundan mustasno albatta (hamma piyoda va velosipedda yurishsa degandim) Yana haftaning yakshanba bo’lmagan kuni umuman yengil avtomabil xaydamasdan hamma avtobus, metrodan foydalanib harakatlanadigan kun qilib belgilab olsak degandim. Nima dedingiz ?

    @umidhakimov7506@umidhakimov75064 ай бұрын
  • 2024 yilda Olimpiada bo'lishligi xisobga olib Sport tizimida islohotlarni olib borish, xalqaro musobaqalarni qabul qilish, olimpiadada sovrindorlarni ko'paytirish haqida ham suxbat tashkil qilinglar.

    @ixtiyorxamraqulov8644@ixtiyorxamraqulov86444 ай бұрын
  • Taklif qilingan mehmonlarni gapirishiga ham quyingizlar, gapini o'rtasida bulib gap boshlavorayabsizlar, ular sizlarni muhitlaringizga moslashmagan, jimgina tuxtab qolayabdi, ovoz masalasi ham juda muammomasku . Lekin umumiy xolat yaxshi, qoldirmay kurayabman ishlaringizga omad mavzular dolzarb👍

    @otabektoshmurodov6745@otabektoshmurodov67454 ай бұрын
  • Bechora, Xushnud! Ish joyidan kelib chiqib, 2023 umuman olganda yaxshi bo'ldi deyishga majbur! Unga qanchalik qiyinligini tushunaman. Hamma gapini ham bemalol, kayf qilib aytolmaydi. Ehtiyot bo'lishga majbur! Aytsam tilim, aymasam dilim kuyar! Boshqalarda ham saxsiy senzura alomatlari yaqqol ko'rinib turibdi. Shunday bo'lsa ham podkast yaxshi ketyapti. Omad!

    @furqatbozorov4254@furqatbozorov42544 ай бұрын
  • Top Podcast

    @user-wj4fv4id4r@user-wj4fv4id4r4 ай бұрын
  • "Yangi yil soni" nomiga munosib bo'libdi. Ushbu videoda aytilgan insaydlar bitta podcast uchun juda ko'plik qiladi, bu zo'r. Iloji bo'lsa har bir ma'lumotni qisqa videolar shaklida tarmoqlarda sizdirilsa, trendga chiqarilsa. Shu yo'l orqali ekologiya, energetika, salomatlik hamda geosiyosat bo'yicha umumiy aholining umumiy dunyoqarashini ozgina bo'lsada kengaytirilgan bo'lar edi. Ko'tarilgan mavzular aktual, mutaxassisning ma'lumotlarning yetkazish, tushuntirishlariga respect. Yana bir narsa, tushunamiz asosiy o'lchov vositalari poytaxtda joylashgan, shuning uchun fokus Toshkentga qaratildi. Ammo, qolgan hududlar bo'yicha ham xususiy keyslar bilan to'xtalib o'tilsa yaxshi bo'lar edi.

    @nodirbekesonov1602@nodirbekesonov16024 ай бұрын
  • Hushnudbekni ohirgi gaplariga hukumatga aytgan takliflriga respekt

    @jamshidbekyakubov5958@jamshidbekyakubov59584 ай бұрын
  • Ovoz rejessoriga respect, millionda aytilganidek rever berib turgani uchun

    @user-iq8oh7zz8u@user-iq8oh7zz8u4 ай бұрын
  • Mana haqiqiy sohaning olimi umuman chalg‘itmay bir soat sizga nutq gapiradigan barakalla 😊😊😊😊🎉🎉🎉🎉🎉

    @ravshanbekrajabovfikri@ravshanbekrajabovfikri4 ай бұрын
  • Янги йилни Ҳушнудбек 'Лолазор' билан бошлаб берди. Япония цунами билан бошлаб берди.

    @user-ov6xm9dk6p@user-ov6xm9dk6p4 ай бұрын
  • Lolazorchilar‼️ Iltimos kommentimi o'qib beringlar: Nimaga bizda Xokim buvalar har bayram aylanib yurib fuqarolarni muammosini hal qilib o'zidan halaskor yasashadi. Tizimni to'g'rilashsin. Qachongacha xalq Xizr buvani kutadi.😊

    @tommyshelby4842@tommyshelby48424 ай бұрын
  • Sog'liqni sawlash tizimi bilan kurashishni iloji bo'lmayapti. Bu tizim bilan kurashish bilan emas balki urush elon qilib g'alaba qilib keyin biron bir natijaga erishish mumkindir. bu tizim halq salomatligini emas, hisobotlarni o'z vaqtida yopish va berilgam topshiriqlarni o'z vaqtida bajarildi deb hujjatlarda bajarilgaigini isvotlash bilan band bo'lgan ich-ichidan chirib ketgan "tizim".

    @adhamfazilov4045@adhamfazilov40454 ай бұрын
  • Ассалому алайкум! Йил сархисобини қиганда бир нарса унутилибди. Минг афсуски бу оддий ҳолга айланиб қолди. Ҳар йили қишда бу хабарлар кўпаяди: бир хонадондан 5 киши, 3 киши, норасидалар ис газидан захарланиб ўлиши кузатилади. Телевиденияда интернетда хатто масжидларда бу нарса ҳақида огохлантирилади лекин барибир қурбонлар сони камаймаяпди. Шу ис газидан заҳарланиб вафот этганлар хам уйига ҳар хил газ қурилмаларини ўрнатяпганда ўлимни ният қимаганку. Бу нарсадан вафот этган инсонлар учун ким жавоб бериши керак? Агар хамма шароит бўганда бунақа қурилмалар ўрнатилмасдику. Шу масалани ҳам эсга олиб ўтсангиз балким масъулларга сал туртки бўлар.

    @sherzodqayumov7460@sherzodqayumov74604 ай бұрын
  • Raxmat davomiy bo'lsin

    @asqarxoliqov8330@asqarxoliqov83304 ай бұрын
  • Assalomu Alaykum Lolazor podcastiga gap yo'q, meni taklifim bu podcastda faqatgina Toshkent shahri muammolari ko'tarilyapdi lekin O'zbekistonni ko'pchilik aholisi tuman va qishloqlarda yashaydi. Shuning uchun keyingi sonlarda ma'lum bir viloyatni olib o'sha viloyat bo'yicha munozaralar bo'lsa maqsadga muvofiq bo'lardi.

    @humoyunhaydarov9928@humoyunhaydarov99284 ай бұрын
  • Ovoz rejessyori Bahodir Qosimov iltimos ishdan boʻshang bu darajada dabdala ovoz bilan podkast eshtish bu qiynoq hisoblanadi.

    @otabektoshturdiyev356@otabektoshturdiyev3564 ай бұрын
  • Assalomu alaykum yaxshimisiz lar.Menga podcast inglaringizni eng foydalisi Diyor Imomxoʻjayev kelgan soni Diyorga oʻxshab fikrlaydigon odamlarni chaqiringlar Otabek aka sal ehtiyot boʻlib fikr bildirsinlar ketib qolsalar yoki qochib ketsalar biz xafa boʻlib qolamiz

    @BobonazarErgashov@BobonazarErgashov4 ай бұрын
  • Assalomu aleykum. Erkin akani aytgan Seysmologiya Institutidagi havoni oʻlchovchi metod yer osti suvlarini gaz tarkibini oʻrganuvchi metod edi u metod havoni tarkibini oʻlchashda hatolik boʻlishi mumkin. Yer osti suvlarini gaz tarkibini oʻrganuvchi metodni boshqa sohalarga ham qoʻllab koʻrmoqchi edik

    @user-cn7vx8hd1u@user-cn7vx8hd1u3 ай бұрын
  • Ёвуз кучлар Отабек акани микрофонига салбий таъсир курсатишмокчи (овоз эхо билан келяпти) 😂. Сифатли овоз оператори хизматини таклиф этаман.

    @abduquddusismoilov766@abduquddusismoilov7664 ай бұрын
  • Подкастилани эшитиб утириб куркиб кетти одам, қойил, шунака шапкадан халкгаям таркатиш кереми диманде))

    @user-lt5sq5nm2t@user-lt5sq5nm2t4 ай бұрын
  • Ovoz bilan yana muammolar bor. Iltimos shu narsaga ham ahamiyat berilar.

    @komronbekxabibullayev512@komronbekxabibullayev5124 ай бұрын
  • Умид қиламан бу подкаст ёпилмайди. Бу ердаги миллат ойдинларини тақдирлари жадидларга ўхшамасинку, улар айтаётган оғриқли гаплар ҳақиқат ва миллатни уйғотувчи гаплар. Барака топишсин, ўзи сизларни асрасин.

    @saraahmedova2754@saraahmedova27544 ай бұрын
  • Мутахассис чиндан кучли экан. Шунақа составнинг пайдар-пай тартибсиз саволларига муносиб жавоб бера олибди. Раҳмат шу йигитга. Мутасаддилар бошқарув қарорларини қабул қилишда шунақа экспертлардан маслаҳат олишса яхши бўларди.

    @sherzodrasulov5634@sherzodrasulov56344 ай бұрын
  • Otabek aka twittlarizi o’qib boraman ijodizga omad siz uchun shu ko’rsatuvi har safar ko’rib boraman

    @muhammad3802@muhammad38024 ай бұрын
  • yangi yilda sizlarni ko'rib turganimdan juda xursandman va hamma tilagilarni ijobat bo'lishini man ham shifokor va xalq vakili o'laroq tilakdoshiman va shuni qo'shimcha qilishim mumkinki buni biz ko'proq targ'ib qilishimiz kerak va hukumatni vakillariga share qilishimiz kerak va mandan keyingi va avvalgi yaxshi tilaklar fikrlarni man ham yoqlab raxmat aytaman. va keyingisini kutamiz!!!

    @dc_kamoliddin@dc_kamoliddin4 ай бұрын
KZhead