#8 San’atkorlar nega soliqqa tortilmaydi? - Lolazor podcast

2024 ж. 11 Мам.
39 273 Рет қаралды

Ushbu sonda Sergeli mashina bozori va Qoʻyliq bozori koʻchirilishi, sanʼatkorlarni soliqqa tortish, deklaratsiyalash tizimi, Toshkent jamoat transporti holati va bu kelgusida qanday boʻlishi haqida suhbatlashdik.
Bu galgi mehmon - Transport vazirligi huzuridagi loyiha ofisi rahbari Murod Abidov.
📻 Podcastni eshitish uchun:
• Yandex Music:
music.yandex.ru/album/28403554
• Spotify:
podcasters.spotify.com/pod/sh...
• Apple Podcasts:
podcasts.apple.com/us/podcast...
00:00 Tizer
00:53 Boshladik
01:05 Izohlarni oʻqish vaqti!
01:23 Sergeli mashina bozori va Qoʻylik bozorining koʻchirilishi
12:32 “Bozor bilan mozorni buzmaslik kerak”
15:50 2000-yillar boshida bozorlar yopilishi
16:55 Fond bozor haqida
18:00 “Iqtisodchilar boy boʻlmaydi”
19:13 Daromad boʻyicha deklaratsiya tizimi
23:06 Viloyat boshqarmalari kerakmi oʻzi?
26:33 Muhrimga dizlayk! Nega?
31:20 Finlyandiyada issiqlik bilan holat qanday?
33:30 “Biz uyda 1 oy davomida 1700 kilovatt ishlatdik”
38:14 Elektrni oyiga 10 ming, hatto 70 ming ishlatadiganlar ham bor
40:58 Sanʼatkorlar soliq toʻlamaydi
44:31 Madaniyat vaziri qilmoqchi boʻlgan sayt
48:34 Soliqchilar toʻyxonalarni “chetlab oʻtishadi”
51:01 Muhrim Aʼzamxoʻjayevdan murojaat
52:52 Bu galgi mehmon - Transport vazirligi huzuridagi loyiha ofisi direktori Murod Abidov
53:31 Qachon jamoat transport tizimi normal darajaga yetadi?
56:59 Brutto-shartnomalar oʻzi nima degani?
59:33 Toshkentda nima uchun jamoat transportidan bir marta foydalanish narxi 1700 soʻm?
1:04:21 Jamoat transportining narxi koʻtarilsa sifatga taʼsir qiladimi?
1:09:09 2030-yilgacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelinadi
1:13:13 “Oldingi tramvay tizimi hozirgi zamonaviy talablarga javob bermaydi”
1:15:30 Tramvay tizimidan voz kechilgani xato boʻlgani boʻyicha tushuncha bormi?
1:19:10 Metro tushgandan soʻng ayrim avtobus yoʻnalishlarini oʻzgartirish qanchalik toʻgʻri boʻlgan?
1:21:17 Piyoda harakatlanish holati
1:23:47 Toshkent atrofidagi tumanlardan shaharga har kuni kiradigan aholi haqida
1:28:06 Qatʼiyat bilan 2 oyda avtobus yoʻllarini butunlay oʻzgartirib yuborish mumkinmi?
1:32:45 Jamoat transportidan foydalanish boʻyicha xarita haqida
1:37:32 Hududlardagi jamoat transporti holati
1:46:03 “Konduktor tizimi”dan voz kechiladimi?
1:48:16 Toshkentni yengil mashinalarga toʻlib borishi jamoat transportini qanchalik darajada yoʻlini toʻsadi?
1:54:31 Avtobuslarga ajratilgan alohida yoʻllar samaradorligi haqida
2:00:50 Navoiy koʻchasi yoʻllaridagi jamoat transporti holati
2:01:59 Jamoat transportida bekatlar nomi ovozli tarzda eʼlon qilinishi
2:10:33 “Yaxshi xabarlar” rukni
2:14:54 “Brilliant qoʻl” filmiga oid qiziqarli holat
Podkastimiz suratga olinayotgan Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti ijtimoiy tarmoqlarda:
🔶 Instagram: / udeauz
🔵 Facebook: / udeauz
✅ Telegram kanal: t.me/udeauz
Kanalimizga obuna bo'lish: 👉 bit.ly/Xushnudbek
#Xushnudbek #Lolazor #podcast
☎️ Reklama boʼyicha murojaat:
Telegram: t.me/xushnudbekreklama
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim:
✅ Telegram kanal: t.me/xushnudbek
🔶 Instagram: / xushnudbek
💬 Twitter: / xushnudbeck
🔵 Facebook: / xushnudjohn

Пікірлер
  • Bakiro-vatanimiz uchun ziynatdek ko'rinadi menga! Muhrim-samimiy. Laziz ham juda kerak podkastga.Tushunmagan joylarimizni u orqali tushunvolyapmiz😂

    @gulnozashermatova7658@gulnozashermatova76583 ай бұрын
    • Xushnud aka sarkazm qilib zo’r hazil qilib qo’yadi. Laziz aka gapirganida haqiqatda yana ham aniqlashtiriladi mavzu.

      @abbosbobomurodov5011@abbosbobomurodov50113 ай бұрын
  • Подкаст ёпилиши мавзусида: Подкаст таъсири жуда катта. Кунўз журнаслистлари лолазорда кўтарилган мавзу сабаб Экология вазирлигига “бостириб” борди, деб ўйлайман. Ва шу видеосуриштирув эълон қилинганда хукумат коридорларида югур-югур бошланди, Эковазирлик хабар билан чиқди…. Нима демоқчиман? Подкаст тўхтамасин, керак бўлса донат ҳам қиламиз! Омад!

    @azizbekmuhammadaminov6371@azizbekmuhammadaminov63713 ай бұрын
  • Men bugungi podkastdan ayniqsa hursand bo’ldim. Chunki bu galgi mehmon o’z soxasida juda zarur bilimlarga ega ekanligi ko’rinib turibdi. Buni Otabek akani savollariga aniq va to’liq javob bera olganligidan bilish mumkin. Podkast davomiyli bo’yicha tahminim esa yaqin muddatda emas va o’zimham shunday bo’lishi istardim.

    @jasurbekikromjonov3971@jasurbekikromjonov39713 ай бұрын
  • Lolazor kursida utirganlarga umuman yoqmay qolsa shunda yopilishi mumkin,oddiy xalqni bunga qarshiligi yuq,qaytanga haqiqatni maza qilib tinglaymiz, Lolazorga omad

    @user-eq4kv3gp4o@user-eq4kv3gp4o3 ай бұрын
  • Ассалому-алейкум! Лолани алмаштириб куйинглар илтимос. хозир депутутларга ухшаб ухлаб колади

    @ZafarTuxtayev2220@ZafarTuxtayev22203 ай бұрын
  • Assalawma aleykum. Shunaqa katta lavozimdagi odamlarni olib kelib, juda zo'r qilibsiz. Men hozir Koreyada o'qiyapman va avtobusdan ko'p foydalanaman. To'lash tizimiga kelganda, bu yerda avtobuslar ko'pincha 2 eshikli: avtobus oldingi va o'rta eshiklari. Birinchi eshikdan odamlar faqat kiradi, va kirganidan srazu kartadan pul yechadigan NFC moslama joylashgan, shuni yo'lovchi haydovchi ko'z o'ngida to'laydi, va haydovchi buni aniq sezishi uchun u moslama yashil bolib yonadi, "bip" degan ovoz chiqarib "rahmat to'landi" deydi. Bu juda zo'r, konduktorlarga qaraganda. Keyin tushishdan oldin, 2-eshik oldida ikki yon tarafida yana NFC qurulmalar bor, lekin ular pul yechmaydi, balki kartani o'qib keyingi 30 minut ichida yo'lovchi minadigan avtobusni tekin qilib berish uchun qo'yilgan. Shuning uchun yo'lovchi shu moslamaga kartasini urib, keyingi avtobusga tekin, Toshkent keysida esa 700 so'm to'laydi. Shu bizlardagi avtobuslarning xohlagan 3 eshigidan kirib chiqish to'qtatish kerak da endi. Vaholanki bu yerda Koreyaning o'zi ishlab chiqaradigan Hyundai avtobuslardan Toshkentdagi Mersedez avtobuslar ancha qulay, 5 baravar yarashadi, shuni asta sekin aholiga singdirish kerak. Meni jonajon Nukusimga ham shunaqa o'zgarishlar kirganda mazza bo'lardi, damas bosib kettti.

    @janibekaytbayev9695@janibekaytbayev96953 ай бұрын
    • Shoshmay turing oldin Toshkenni hal qivolishsin, o‘zi butun O‘zbekiston shu Toshkent uchun ovora

      @shukrullo_yaqubov@shukrullo_yaqubov3 ай бұрын
    • Москвадан келганимда биринчи урганолмадим хамма хар хил эшикдан кириб чикишига

      @AbrorRaimov-rq5ru@AbrorRaimov-rq5ru3 ай бұрын
  • San'atkorlar tez judayam tez soliqqa tortish kk.

    @user-nm8mv8rt4r@user-nm8mv8rt4r3 ай бұрын
  • " Shovvozsoy ,, haqida gapirsalaring kelasi sonda yopiladi 😅 . Hazil albatda . Podkast ajoyib bo'lyapti , dolzarb mavzular ko'tarilyotgani odamni hursand qiladi . Davomli bo'lsin ishlaringizga omat .

    @javoxir.a.i2456@javoxir.a.i24563 ай бұрын
  • Lolazor yopilmaydi. Yuqorining o`zida bu podkastda ko`tarilayotgan (aytilayiotgan) kabi alternativ fikrlarga (takliflarga) ehtiyoj mavjud, deb o`ylayman. Hammalaringizga omad!

    @dilnur_azam@dilnur_azam3 ай бұрын
  • Иситиш тизими яхши эфект бериши учун куп каватли уйларда фасад кисмини утиплит килиш карак шунда эконом булади

    @user-iz8wp5gk5o@user-iz8wp5gk5o3 ай бұрын
  • Otabek akaga juda foydali boʻladi bu yil. Nasib 2025 yildan boshlab bemalol avtobusda yetib kelasiz ishga

    @user-cm6ij9xp5b@user-cm6ij9xp5b3 ай бұрын
  • Столга Лола ярашибди."Лолазор "подкаст давомий булсин. Иштирокчиларига соглик саломатлик тилайман.

    @user-zy6yn4cj7l@user-zy6yn4cj7l3 ай бұрын
  • Рахмат ..соликлар , электр буйича фикрларингизга кушиламан. Москвадан куриб борамиз. Омад!

    @user-oe8lk1sn5s@user-oe8lk1sn5s3 ай бұрын
  • Шахарда жамоат транспорти хусусан, автобуслар харакати яхшилангани ҳақиқат. Лекин қилинадиган ишлар анча. Масалан, автобус JPSларидан сунъий фойдаланиш талайгина. Биргина мисол: одатда ишдан кечки 8-9 орасида чиқаман ва яндекс карта ёки бошқа транспорт иловалардан яқинлашаётган автобус бекат томон бориб кутиб тураман. Картага қараб турсам гўёки автобус ўтиб кетади, амалда эса хеч қанақа автобус ўтмаган бўлади. Буни кимдир назорат қилиши керак, JPSларни истаган пайт ечиб ўз енгил мошинасига жойлаб гўёки автобус юргандай кўрсатишни йўқотиш керак. Бу жудаям хунук иш.

    @neutral.1@neutral.13 ай бұрын
  • Bu safargi podcast eng yaxshisi mening nazdimda. Hammangizga katta rahmat. Qoʻshimcha maʼlumot: Algoritm dahasida turaman, bu yil uyni isitish uchun elektr jihozlardan umuman foydalanmadik. Markazlashgan isitish tizimi yetarli boʻlayapti.

    @shavkatjon_khakimov@shavkatjon_khakimov3 ай бұрын
  • Rahmat akalar Podcastlarni bizi kuttirib qo`ymasdan chiqaryapsizlar, ishlarizga omad va kuch quvvat tilayman, shu tempda davom etilar 👍👍💪

    @xushnid7979@xushnid79793 ай бұрын
  • Podcasttin qiziq jeri real omirden alinganligi TV, gazeta, jurnal, soc.tarmaqlardan ajralip turadi. Barshenizge awmet!

    @user-og6lt9fo4j@user-og6lt9fo4j3 ай бұрын
  • Bakirov to'g'ri aytadilar, xaqiqatdan Davletov Õzbekistondagi eng bahtli odam bitta podcast bitta sayohat.Qoyil, xavas qildim😊

    @nodirbeknamozov7194@nodirbeknamozov71943 ай бұрын
  • Top podcast

    @user-wj4fv4id4r@user-wj4fv4id4r3 ай бұрын
  • Мурод акага рахмат анча яхши мисоллар бн тушинтирди илмий асослаб. Лекин умид хам бермади якин келажакда Лолазорга айланишига.

    @otabekeskulov3576@otabekeskulov35763 ай бұрын
    • Menimcha, vaqtga bog'liq masala bu.

      @dilnurazamov5260@dilnurazamov52603 ай бұрын
  • Yopilmasin podkast, bardavom bòlaversin!

    @temurbektoshtemirov7432@temurbektoshtemirov74323 ай бұрын
  • Муҳрим билан Ҳушнудбекнинг бир бирига ҳазиллари кўрсатувга ностандарт ранг бериб турибди. Кўпроқ ҳазиллашиб туринглар. Ҳушнуд ҳожи ҳам подкаст имзоси бўлган дуо билан бошлашни унутиб қуйяпти. Бу символни канда қилмасин!

    @Abdurasulov_I@Abdurasulov_I3 ай бұрын
  • Катта рахмат подкаст учун. Бошидан бери кузатаман. Актуал мавзуларни шунақа интелегентно и грамотно анализ қиласизлар. 👍🏻

    @madinakarimova174@madinakarimova1743 ай бұрын
  • Otabek akaga savol. Agar shu ketish bòlsa KArtel haqiqiy monopoliya bòladimi yoki GM

    @erkinamonov6143@erkinamonov61433 ай бұрын
  • Қарши шаҳридаги иккита катта марказий автовокзалар сотиб юборилган, автобуслар учун жой йўқ.

    @user-ix8ww1bk9e@user-ix8ww1bk9e3 ай бұрын
  • Ассалому алайкум Хушнудбек ва команда, кизик мисол аввалари Бандлик марказларида 15-20 йил олдин 40-45 нафар ходимлар ишлар эди, лекин хозир 7-8 нафар колган ва шу марказ жойидан хам хайдалиб хокимият ва шунга у́хшаш бошка идораларга ку́чириб(1та кабинетга) жойлаштирилмокда, бу нима далолатдан у́йлайсизлар, нокерак ишхонага айландими фикрингиз билан бу́лишинг Рахмат 🙄🧐🤔

    @pushkin4761@pushkin47613 ай бұрын
  • Lolazor podcast juda yaxshi loyiha chiqdi gap yoʻq! Sizlarni hurmat qilamiz, fikrlar oʻtkir, odam eshitib mazza qiladi. Imkoni boʻlsa kadastr tizimini olib chiqinglar, meni bir necha bor ishim tushganidan va eshitganlarimdan bilamanki tizim juda rasvo.... Hududlarda bir kishining nomidagi yerni boshqaniki ham qilib yuborishlari mumkin, kadastr chizmalaring yagona reestri oxiriga yetmagan va kamchiliklar koʻp. Hududlardagi mutaxassislargaku gap boʻlishi mumkin emas.... (hammasi bir xil bo'lmasa kerak albatta).

    @suxrobgaybullayev5730@suxrobgaybullayev57303 ай бұрын
  • 00:27:30 dagi Xushnudbekning Muhrimga tanbehini ko‘rib, ancha taskin topdim. Xushnud ham o‘zimizning rahbarlarday "samimiy" ekan! 😂

    @sherzodmamadaliyev4787@sherzodmamadaliyev47873 ай бұрын
  • Катталардан кимгадур екмаса епилиши мумкин оддий халк учун жуда керакли мулохазали керакли подкаст омад тилайман ижодийларга ривож

    @sharifaumurzokova5022@sharifaumurzokova50223 ай бұрын
  • Mana mutaxasis kelgandan keyin haqiqiy muammolarni ularga qilinayotgan yechimlarni eshitdek. Bu safargi podkastda ham yangi mehmon kutib qolamiz ob-havo bo'yicha ishlayotgan mutahasisni.

    @boymurodsherxon8212@boymurodsherxon82123 ай бұрын
  • Men mashinada ishga qatnayman. 20-25 minutli yo'lni 40-60 minutda bosib o'taman. Jamoat transportida yurgim keladi probkada qolguncha. Lekin avtobuslar ham shunaqa probkada qolib ketadi. Undan tashqari hamma vaqtda ham avtobus qatnovi hamma yerda bir xil emas ertalab va kechgi vaqtlari. Ishonib biror joyga borsangiz ko'chada qolib ketishingiz mumkin. Mashinada yurish qimmat bo'lishiga roziman vaqtdan yutsak va sifati ham yaxshi bo'lsa. Mashinadan ishim chiqib qolganda yoki dam olish kunlari toqqa dam olgani borganda ishlatar edim.

    @abbosbobomurodov5011@abbosbobomurodov50113 ай бұрын
  • Ассалом алайкум йигитлар. Оллоҳ хайрли қилсин ишларингизни. Бир подкаст анча муаммолар кўтариляпти. Респект. Сондан сонга кўриб боряпман. Аксари муаммолар Жамият ва Бошқарув трансформация даврида юз бераётганлиги маълум. Аммо бу ўзгаришлар айнан халқ устидаги ўлпон ва халқ зарарига рўй бераётганлиги ачинарли. Жумладан, агар Тошкент шаҳридаги бозорларни кўчириш жараёни эътиборли. Аслида, олигаполия даври қонуниятлари сабаб бу жараёнлар эгаси кўра олмаяпмиз. ички борзорни аксари қисми Қора бўлганлиги боис, Қўйлиқ каби бозорлар хар доим талаш бўлаверади. Айнан шу важдан Бозор бир жойдан Янги жойга, янги эгалар қўлига олиб ўтилди. Эски жойда уй жой мажмуаси қурилиши бу иккиламчи омил халос. Хатто, Сергилий авто бозор кўчирилиши хам шундай. Чунки катта савдо хажими Автомобил сотилишида эмас, аслида энг катта хажм савдо бу авто учун запчастлар сотилишида. яъни хар хил миш мишлар таркалиши бир нечта гурухлар ўртасида Бозор назорати устидан жанг кетаётганлиги англатади.

    @tulkin.yakubov@tulkin.yakubov3 ай бұрын
  • Otabek Aka to'g'ri aytdi, transport kartasini tuzish uchun, google'ga ma'lumotlarni O'zbekiston taraf taqdim qilishi kerak. Avtobuslar kelish vaqti, tig'iz soatlar haqida ham google uchun ochiq ma'lumotlar portali ishlashi kerak. Istanbulda google manbaa sifatida Istanbul hokimyati portalini ko'rsatadi.

    @fayzullobobojonov8714@fayzullobobojonov87143 ай бұрын
  • Ёпилмасин, лекин хавотир бор. Жуда ак,л берворвоссилар. Барчангиздан, Мухримдан х,ам Аллох рози булсин

    @user-zimova@user-zimova3 ай бұрын
  • Ассалому алайкум Хушнудбек ва команда, кизик мисол аввалари Бандлик марказларида 15-20 йил олдин 40-45 нафар ходимлар ишлар эди, лекин хозир 7-8 нафар колган ва шу марказ жойини хам у́злаштириб хокимият ва шунга у́хшаш бошка идораларга ку́чириб(1та кабинетга) жойлаштирилмокда, бу нима далолатдан у́йлайсизлар, нокерак ишхонага айландими фикрингиз билан бу́лишинг Рахмат 🙄🧐🤔

    @pushkin4761@pushkin47613 ай бұрын
  • Отабек👍👍👍 Бошқа меҳмондарни алмаштириш керак савиялари кӯрсатувга экперт сифатига таклиф қилиш учун етарли эмас деб уйлайман

    @user-os7ys1sc1y@user-os7ys1sc1y3 ай бұрын
  • Ассалом Алайкум. Кишлокларда кутубхоналар хакидаги коминтарияга мен хам кушиламан.

    @user-zy6yn4cj7l@user-zy6yn4cj7l3 ай бұрын
  • Жуда яхши кетяпти подкаст. Яшанглар!

    @mushkulsavdo6031@mushkulsavdo60313 ай бұрын
  • Ассалому алайкум сизларга омад доимо оллох панохида бўлинглар

    @sardorbekabdumutalov2491@sardorbekabdumutalov24913 ай бұрын
  • Qishloq va mahallalarda kutubxonalar tashkil qilinsa ham yaxshi bo'lardi. Chekka joyda yashaydiganlarni boshi ishdan chiqmaydi, bo'sh payti televizor ko'radi.

    @abbosumedov1256@abbosumedov12563 ай бұрын
    • Bu ishni allaqachon Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning qizlari Odina Ustoza tomonidan ochilgan Peshqadamlar karvoni loyihasi amalga oshirayapti ! Mahallalarda , Xonadonlarda kichik kichik kutubxonalar ochilayapti ! Instagramda peshqadamlar karvoni deb qidiring !

      @shamchiroqq@shamchiroqq3 ай бұрын
    • Birodar bizda kitob òqiydimi birov.

      @jamshidbekyakubov5958@jamshidbekyakubov59583 ай бұрын
    • Qoʻshilaman faqat qiziqtirib qilish kerak nega halq kitob oʻqimaydi disila boshqa halqlar kitob oʻqivotiyu

      @husanmaxmudov337@husanmaxmudov3373 ай бұрын
    • @@jamshidbekyakubov5958 albatta o'qiydi! Shunchaki kitobxonlarni oldiga borib ularga qo'shilib turish kerak ! Siz ko'rmasangiz ular yo'q degani emas ! Kukaldoshni oldiga boring ko'rasiz kitobxon millatni

      @shamchiroqq@shamchiroqq3 ай бұрын
    • Kitobxonlik "o'xshatib" qilindiku qaysi idoraga borsang qulflangan kitob javonlar qo'yildiku

      @sevimliuy8054@sevimliuy80543 ай бұрын
  • Qoyil qoldim. Hammeladan Alloh rozi bulsin!

    @sunnatillaakbarov4681@sunnatillaakbarov46813 ай бұрын
  • Таом егандай мазза килдим. Зур, кейинги сонда узбек езуви масаласини кутаринглар илтимос, енаяпти

    @ToxirBEK2013@ToxirBEK20133 ай бұрын
  • Лолазор подкаст иштирокчиларига рахмат . Хайдовчилик гувохномасини укиш имтихон топшириш нимага киммат булиб кетди, еки биронта ифлос монополистни чунтагига тушадими.

    @user-sj2zy6zo6o@user-sj2zy6zo6o3 ай бұрын
  • Парламент сайловлари хакида подкаст кутиб коламиз

    @abdusattorrahmonov7858@abdusattorrahmonov78583 ай бұрын
  • Oyliklar haqida vido qilglar Hammani dardi oylik

    @tesla4014@tesla40143 ай бұрын
  • Rahmat podkastlar uchun. Har bir sonda shunaqa mutaxasislardan chaqirib tursalaring xursand bo'lardik.

    @Respectvide0s@Respectvide0s3 ай бұрын
  • Rahmat. Omad. Hammasi ajoyib, tabiiy, samimiy, senzurasiz, aktual mavzular... lolalaringiz so'lib qolibdi faqat.😊

    @carrangerover7247@carrangerover72473 ай бұрын
  • Assalom alaykum, rahmat, har doim har sonini korib boraman, Xushnudbek bitta iltimos sizga, Otabek akani kelgan mehmon va mas'ullarga jiddiy savol va fikrlarini hazilga olib ketyapsiz, sizni hurmat qilamiz, lekin xuddi maynavozchilikka oxshab qolyapti, buni hisobga olishizni sorab qolardik

    @user-oq4pi8in8x@user-oq4pi8in8x3 ай бұрын
  • Ha yana bir fakt ! Elektr energiyani tejash haqida gapirganingizdan keyinnqarasam xonamni chirog'i yoqig' ekan ,hozir endi o'chirib ko'rayapman 😅

    @shamchiroqq@shamchiroqq3 ай бұрын
  • Yaxshi suxbat uchun katta raxmat

    @sadullayevxikmatilla4762@sadullayevxikmatilla47623 ай бұрын
  • Менхам розиман

    @user-co8zz8qi5h@user-co8zz8qi5h3 ай бұрын
  • Hozir o'ylab turgandim, qachon chiqadi endi keyingi son deb turgandim. Baraka topoinglar, akalar.

    @abbosumedov1256@abbosumedov12563 ай бұрын
  • Xudo xohlasa yopilmaydi❤

    @ismoiljonhaydarov5353@ismoiljonhaydarov53533 ай бұрын
  • Ассаламу алейкум савол: Қуралаётган домларни сифтини ким назорат қилади хар холда харкуни телевизир ва интирнетда Реклама қилишади ЯНГИ уюларни лекин биз ўтган йили( Туркияда ва Сурияда кўрдик қандай холат бўлганини бизни қуриалаётган уюларни ким ва қандай назорат қилади) қандайдир сертификат ёки норматив борми олдиндан рахмат жавоб учун Омад сизларга

    @fayozinomov7140@fayozinomov71403 ай бұрын
  • Мазза қилиб тингладим, мазмунли ва манфаатли сухбат бўлди! Инша Аллоҳ! Аллоҳ рози бўлсин сизлардан! Амийн!

    @Jamshid_Toshmatov@Jamshid_Toshmatov3 ай бұрын
  • Otabek aka apteka biznesiniyam muhokama qililar shahar markazlarini apteka bosib ketgan

    @azizbekismoilov1511@azizbekismoilov15113 ай бұрын
  • Кегинги подкастга Расул Кушербевни чакиринглар давра яхшигина кизийди

    @azamatabdulazizovvich9644@azamatabdulazizovvich96443 ай бұрын
  • Zo'r suxbat bo'libdi. Doim shunday mutaxassislarni chaqirsangizlar juda xam xursand bo'lar edik. Gap yo'q, menga juda yoqdi.

    @Mwmwjwjjdjdjdjwmwmkjaj@Mwmwjwjjdjdjdjwmwmkjaj3 ай бұрын
  • Tanlangan mavzu o’ta aktual! Ko’p foydali bo’ldi, shu kabi soha mutaxassislari va javobgar lavozimdagi kishilarni chaqirib savollarga ko’mish va javob olish mikrofoni ishlayotganidan xursandmiz! 🤝👏 Shaharsozlik haqida ham ko’ratuv qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.

    @Jasurbek_Fayzullaev@Jasurbek_Fayzullaev3 ай бұрын
  • Hammanglardan eng asosiysi Murod akadan Alloh rozi bo'lsin. Juda ham xursand qildi shunaqa lavozimdagi odam ochiq suhbatga kelib shuncha malumotni batafsil tushuntirib berganlari. Shuncha ma'lumotni bilish va tushunish yaxshi lekin kamera qarshisida chiroyli nutq bilan tushuntirib berish boshqa narsa baribir...

    @barkamolturdialiev5509@barkamolturdialiev55093 ай бұрын
  • Assalamu alaykum Lolazor jamosi. Har sonda turli xil mavzularni ko'taryapsizlar. Iloji bo'lsa Sog'liqni Saqlash sohasida ham gapirsanglar. Toshkent shahrida oddiy tez yordamda ham muammolar bor. 2023 yozda Apendisit bo'ldim, tez yordam shifokori "felshyer" ekan, menga shunki o'tib ketadi deb ukol qildi holos, ertasi kuni bilsak, Apebdisit ekan. Kasalni otkazib yuboray debman. Undan tashqari katta bo'lgan ankologik, bolalar kasaliklari haqida ma'lumot beradigan mutaxassis chaqirilsa yaxshi buladi

    @jasurjamoliddinov6999@jasurjamoliddinov69993 ай бұрын
  • Битта мавзу бор, муҳокама учун: китобхонликни ривожлантирамиз дейишади, лекин шароит масаласиниям ўйлаш керак. Ўзбекистонда кутубхоналар жудаям кам. Жудаям. Турли маъмурий-ҳуқуқий ўзгаришлар, оптималлаштириш сабабли 10 йилча аввал кутубхоналар каррасига камайтирилган. Авваллари маҳалла кутубхоналари фондиям бой бўлган. Ўша ресурслар ё тугади ё камбағаллаштирилди. Буям ўткир муаммо бугунимиз учун. Отабек

    @mushkulsavdo6031@mushkulsavdo60313 ай бұрын
  • Зўр бўляпти, кўз тегмасин. Кейинги сонга таълим вазирлигидан бирорта масъулни чақиринглар. Ўқитиш тизимида чириган, сассиқ совет услубидан бутунлай воз кечиш кераклигини айтинглар илтимос. Асосийси масала, таълимда нашр қилинган адабиётдан фақат мактабни ўзида фойдаланишни жорий қилиш керак. Бировни чўнтагини қаппайтирган китоблар ёш болачалар белини синдиряпти хар куни сумкага солиб қатнашдан. Эҳ гапирса гап кўп...

    @saidazim1991@saidazim19913 ай бұрын
    • Сассик совет тизимидан хечнима колмади. Факат рахбарлар колди уша мафкурадан

      @diwadiwa5638@diwadiwa56383 ай бұрын
  • Mehmon Murod aka kabi mutaxassislar faoliyat yuritayotganligi, u kishining shu sohaga doir qadriyat va maqsadlari jamoat transporti rivojlanishiga umid uyg'otadi. Rahmat, shunday mutaxassislarimiz borakan, rivojlanishdan to'xtamaymiz, deb o'ylamayman.

    @abrorbek1989@abrorbek19893 ай бұрын
  • Курсатувга Профессор Тулкин Бобокулов, Азиза Умарова,Барногул Санакуловаларниям чакирсангиз яхши буларди

    @jamshidmamatkulov9674@jamshidmamatkulov96743 ай бұрын
  • Omad yor bo'lsin ko'rsatuvilar tugab qomasin oxirgi soni bo'masin

    @kodirovabdulaziz9351@kodirovabdulaziz93513 ай бұрын
  • Assalomu alaykum ishlarizga rivoj tilayman. Qachon berilishi aytmaganiz uchun rahmat.

    @shahlogafurova7009@shahlogafurova70093 ай бұрын
  • Omad yor bo'lsin ko'rsatuvilar tugab qomasin

    @kodirovabdulaziz9351@kodirovabdulaziz93513 ай бұрын
  • Muhrim aka bozorlar haqida zo’r gapirdi

    @umidxudoyberdiyev1283@umidxudoyberdiyev12833 ай бұрын
  • Артист ва Сарой муллалар дан 100фоиз солик ундирилиши керак

    @user-qd5qm6qh1n@user-qd5qm6qh1n3 ай бұрын
  • Ассалому алайкум. Подкастиларингиз зўр кетяпти, ва муҳокама қилинаётган мавзулар хақиқатда долзарб ва ўзини ечимини топиши керак бўлган мавзулар. Шу темпда кетаверишларингизни сўраган бўлардим. Раҳмат ҳаммага

    @timurjuralov2788@timurjuralov27883 ай бұрын
  • Raxmat sizlarga biz lolazorni Qashqadaryoning Chiroqchisidan tomosha qilib borayapmiz

    @user-nr2ry2rj2l@user-nr2ry2rj2l3 ай бұрын
  • Хушнудбек кучани ёрдингиз.аммо лекин Автомобил кумитаси мутахасиси молодец уз ишига масулиятли ходим экан.бу инсоннинг бераётган малумотлари конкретно рахмат сизга.

    @nasibadavletova8298@nasibadavletova82983 ай бұрын
  • Assalomu alaykum. Men Farhod Yo’ldoshevman. Jamoat transporti bo’yicha Janubiy Koreya misolida ma’lumot aytmoqchiman. Janubiy Koreyada avtobuslarga bir martalik to’lov 1500won, bu dollarda 1.15 sent bo’ladi. To’lov kartalari juda ko’p. Hohlagan bank kartasidan to’lov uchun foydalanish mumkin. Asosiysi seni bezor qiladigan konduktor yo’q. Hamma old eshikdan to’lov qilib keyin avtobusga kiradi va chiqish faqat orqa eshikdan bo’ladi. Juda qulay. Bekatda tushmoqchi bo’lgan odam o’ziga yaqin tugmani bosadi. Avtobus odam tushmasa har bekatda to’xtayvermaydi.

    @FarAz0509@FarAz05093 ай бұрын
  • Отабек Лазизни "тухтаб тур" деб жойида чакагини ёпганларида одам бир мазза килди, лекин Мухрим буёкдан яна белга тепди, автобуслар учун йулни уртасидан йулаклар кайси йуналишларда режалаштирилганини тулик била олмадик. Илтимос мухим мавзуларни охиргача эшитишга куйиб беринглар...

    @sardors696@sardors6963 ай бұрын
  • Ассалому алейкум! Тошкент шаҳардан ташқаригаям чиқинглар. Ман Наманган вилояти Чортоқ туманида умуман на автобус на микроавтобуслар бор, мени қишлоғимга туман маркази Мучум йўналишида 100лаб дамаслар қатнайди улар хохлаган нархда қатнайди 3 кмга 3000 одам оқими кўп, бошқа йўналишларда 6-7 кмга 3000 олишади. Нега туманларда автобуслар қўйилмайди.

    @u_sizmi@u_sizmi3 ай бұрын
    • Ахоли норози хеч ким қаттий нарх белгилай олмаяпти. Махалла телеграм групада хоким ёрдамчисиям бор, хатто униям қўлидан келмаяпти. Хатто у йўналишда праваси йўқ хайдовчилар хам қатнайди.

      @u_sizmi@u_sizmi3 ай бұрын
    • Кейин яна савол, шу шахар йўл қурилишлар қилинганда пиёдалар йўлларини лойихага киритиладими? Нега доим пиёда юришига мўлжалланадиган йўллар лойихп қилинмайди, агар қилинса нега қурилмайди. Масалан келес йўли таъмирланди, кўприкдан шахарга киришда йўлни икки томонида траутар бор эди. Йўл қурилиши тугади лекин у пиёдалар йўли жойига қайтарилмади. Ёғингарчилик вақтида ёки лой кечиш керак ёки автомобил йўлига чиқиш керак.

      @Manbu.BekMan@Manbu.BekMan3 ай бұрын
  • Asslom aleykum ishilarga omad juda zor podcast

    @usmonzohidov1996@usmonzohidov19963 ай бұрын
  • salomat bo'linglar.

    @sarvarabdivaliyev4694@sarvarabdivaliyev46943 ай бұрын
  • Лолазор ёпилмаслиги керак. Агар ёпилса бу хукуматнинг аянчли ахволидан дарак беради.

    @user-vp7iw5hx1n@user-vp7iw5hx1n3 ай бұрын
  • Катталарда умуман айб йу́к,асосий айб у́зимизда. У́зимиз ку́ли текканнинг огзи тегади,эпладими халоли бу́лсин деб рахбарларнинг хаккимизни ейишини оклаб берамиз.

    @user-jo1vw7ch5z@user-jo1vw7ch5z3 ай бұрын
  • Assalomu alaykum, mazkur podkast loyihalaringizga omadlar tilayman, bardavom bo'lsin, bu loyiha orqali kuzatuvchilarning dunyo qarashi, fikrlashi va bilim darajasiga o'ylashimcha ijobiy ta'siri katta, transport sohasi bo'yicha mutaxassis bilan suhbat va ushbu mutaxassisning sohasini bilish darajasidan ochig'i juda ko'nglim to'ldi, sizlardan iltimos doimo mana shunday o'z sohasining masterlari bilan suhbatlarni tashkil etingizlar.

    @orifyarmatov@orifyarmatov3 ай бұрын
  • Hushnud aka sizdan yaxshi tarjimon chiqarkan. Savolni tushinarli, ixcham tarjima qilib turdingiz. Bo'lmasa biz tushnmasdik.

    @user-gf7fb1ms3l@user-gf7fb1ms3l3 ай бұрын
  • Namangan shahridagi avtobuslarda yo'l haqi o'tgan yili 1 500 so'mdan 2 000 so'mga oshirildi. O'sha payt plastikdan to'lansa, 1700 so'm, naqd pulda 2 000 so'm deyishgandi va avtobuslarga qurilma ham o'rnatib 1 oydan keyin ishlaydi deyishgandi. Lekin hali ishlagani yo'q. Kattalarga yetkazinglar, aytilgan gaplar shunchaki aytilgan bo'lib qolib ketmasin

    @baxtiyorboydedayev2038@baxtiyorboydedayev20383 ай бұрын
    • Qo'qonda ham shunday

      @shohrukhbekubaydullayev1582@shohrukhbekubaydullayev15823 ай бұрын
    • @@shohrukhbekubaydullayev1582 Jamoat transportini yaxshilash faqat poytaxtda qolib ketmasligi kerak

      @baxtiyorboydedayev2038@baxtiyorboydedayev20383 ай бұрын
  • Bugungi podcastdan keyin shunga amin bo‘ldimki, bizda siyosiy iroda hammasidan muhim. Agar dunbul mutahasislarga qarasak keyingi 100 yilda ham rivojlanmaymiz. Ular o‘z ishini qiyinlashtirmaslik uchun ham davlat rahbarini islohatlardan tiyilishga undashadi.

    @odilbekreyimboyev7543@odilbekreyimboyev75433 ай бұрын
  • Zor suhbat bo'pti.Keyingi podcastlardayam shunaqa bevosita muommoli vaziyatlarni yechishga mas'ul insonlarni chaqirishni so'rayman.Tanaid qilish aslida oson ular muommoga to'siqlarni ichidan biladi.Ko'p narsani bilmasdan tanqid qilganimni tushundim.

    @shohjahonisomiddinov5964@shohjahonisomiddinov59643 ай бұрын
  • Меҳмон Мурод акага раҳмат. Сабр билан ҳар томондан ёғдирилган саволларга жавоб бердилар. ))

    @boburniyozov62@boburniyozov623 ай бұрын
  • Хушнудбек Заковат сиз бн!

    @Barchasidan_bor_va_taro@Barchasidan_bor_va_taro3 ай бұрын
  • Assalomu alekum. Iltimosim bor !!! ILTIMOS ILTIMOS ILTIMOS ! Xozirda amalda ishlayotgan xodimlarni mehmonga olib kelmaylar. Kelib olib kitobda yozilgan standart gaplar TV da qaynayabdi bunday "Ochiq suhbatlar" Lolazor podcast xaqiqatni gapiradigan Xalqona bo'lsin

    @sevimliuy8054@sevimliuy80543 ай бұрын
    • 1."Bu borada ishlar olib borilyabdi" " 2. "Muammo faloon yilgacha bartaraf etiladi" 3. "Mutaxasislar bu borada ishlar olib borayabdi" 4. Va ho kazo quloqqa tepadigan gaplar

      @sevimliuy8054@sevimliuy80543 ай бұрын
  • Лолазорда корбобонинг калпогини тез-тез кийб турса 2025 йилга етиб бормайда. Лейкин буни мен чин дилдан хохламасдим. Хаммангизга катта рахмат хар бир сони марок билан кураман. Кийин яна бир таклиф Кушербаевни мехмонга чакиринг, менимча у йук демайди, командага кушиб олсангиз зор буларди.

    @SMART-ml4fo@SMART-ml4fo3 ай бұрын
  • Ассалому алейкум 2001 2002 йилларда жамоат транспорти куп эди дедилар Отабек ака бу менга уша йилларда сезилмаган, чунки студент эдим 101 автобузига эрталаб амаллаб чикиб олардик, Бир иккитасига сигмай колардик. Хозир автобузда ундай сикилинч йук. Ха кегин Ман узим 83 автобузига чикканимда автобуз бекатларини овозда Элон килишаётнан эди. Мани хулосам жамоат транспорти утган йилларга нисбатан анча яхши, албатта бундан хам яхши булишини хохлайман.

    @sherzodtashpulatov6597@sherzodtashpulatov65973 ай бұрын
  • Ming bor uzur. Man ham Toshkentdagi eski bozorlarni ko'chirilishini, ular orasida Sergili mashina bozori borligini eshitgandim. Shu bozorni yomon ko'rganim uchun tanishlarimga aytib yurgandim

    @abbosumedov1256@abbosumedov12563 ай бұрын
  • Nukuska yaqinda yangi avtobus yonalishlar(Toshkentdagi eski yashil avtobuslar), Toshkentdan списаниеga chiqqan texnikalarni viloyatlarga yuborish qanchalar togri, Shu masalalarni olib chiqsangiz, transport vazirligi bu tamonlarda ham odamlar yashashini bilmasa kerak

    @user-og6lt9fo4j@user-og6lt9fo4j3 ай бұрын
    • Viloyatlarga ham Toshkenttagi katta, yangi avtobuslar qachon keladi

      @user-og6lt9fo4j@user-og6lt9fo4j3 ай бұрын
  • Omad

    @user-ux2dm7lu2f@user-ux2dm7lu2f3 ай бұрын
  • Oʻzbekistonda mast qiluvchi ichimliklarni qonunan taqiqlash kerak deganlar qani neshtamiz 🇺🇿

    @husanmaxmudov337@husanmaxmudov3373 ай бұрын
    • Орнига нима таклиф киласиз ичадиганлар копку 😂😂😂😂😂😂😂

      @user-gi9xi6hf5f@user-gi9xi6hf5f3 ай бұрын
  • Xushnudaka ,Otabek aka , Laziz aka, Muhrim aka, Qobilaka! Sizlarga katta rahmat, mazza qilyapmiz, iltimos keyingi podkastlarda Xitoy bilan import haqida asosan uskunalar biznesi haqida ham to'xtalib o'tinglar. O'zim shu sohadaman , bojxona masalasida Bazadagi narxi degan narsa bor, eng qimmat. nimadur tovar obkirsa baza osha narxda hisoblaydi rastamojkani, moshinani ham, monopolist masalan ertaga MONZA chiqaradigan bolsa chetdan monzani bitta 50000$ ga obkirsa keyin hamma osha narxda tolaydi yoki monopolistdan oladi, shu Bojxona bazasi degan masalani bir ko'rib chiqish kerakmikan?

    @ganizoda_ulugbek@ganizoda_ulugbek3 ай бұрын
  • Mana bugun Sariq bola 18 ming $ga reklama qilganini bilib oldik. Bu yerda Mediapark dan ham boshqa masala bor. Ya'ni soliqqa tortish. Umuman, bloger, vayner, hatto turli kanal adminlari (sizlar ham) soliq to'lashi kerak emasmi? Masalan, Xushnudbek akada auditoriya ko'p reklama ham yuqori narxda bo'lsa kerak

    @user-tu8vj6gu8v@user-tu8vj6gu8v3 ай бұрын
  • Молодец яхши мавзуларни кутариб чикяпсизлар !! Ишларингга ривож бардавом булсин !! Лекин Лолазор номи жаа унча ярашмаяпдида ; 3+1 деб куйсаларинг булмайдими ёки мушкитёрлар😊 Артос Партос Арамис ва Келадигон мехмон Дартанян 😊😊😊?

    @raufutkurov1518@raufutkurov15183 ай бұрын
  • Assalom aleykum. Soliq bo'yicha alohida podkast qilinglar iltimos. Mehmon sifatida Murod Muhammedjanovni taklif qilaman

    @maxmudbaxshullayev9734@maxmudbaxshullayev97343 ай бұрын
  • Qanday kament yozishni bilmadim lekin juda zur padkast bulyapdi shunday davom etishini istaymiz jufa kup va turfa xil yopilishi xoxlamaymiz

    @mensen424@mensen4243 ай бұрын
  • Soliq maslahatchisi Murod Muhammedjanovni taklif qilinglar. Juda foydali suhbat bo'lardi

    @user-eu9om7xn1s@user-eu9om7xn1s3 ай бұрын
KZhead