Top Music

Top Music

“Xon Saroy Music”
“Xon Saroy Music”- Alisher Uzoqov prodyuserligi ostida Musiqa olamining haqiqiy professionallarini ommaga chiqarish, yoshlarga katta bir musiqa maktabi sifatida ularning ijod bilan mashg’ul bo’lishlari uchun ham amaliy, ham nazariy tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan to’laqonli jonli ijroga asoslangan musiqiy realitiy shou.
Loyihaning 1-mavsumi va 1-bosqichi 2022-yilning sentabr-oktabr oylarida Alisher Uzoqov va “Xon Saroy” qurilish kompaniyasi hamkorligida start oldi va A.Uzoqov boshchiligida 70 dan ortiq ijodiy jamoa O’zbekiston Republikasining barcha viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasiga bir yarim oylik safar uyushtirib 16-yoshdan 32-yoshgacha bo’lgan 2000 dan ziyod havaskor va professional xonandalarni tinglab, ijodlari bilan tanishdilar va albatta bu orqali ularga tabiiy ravishdagi motivatsiya berishga erishdilar
Hozirgi kunda loyihaning keyingi bosqichlari uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting…

Бейне
KZhead