Modul5

Modul5

MODUL5 - Muvaffaqiyat; Omad; Do'stlik; Umid; Liderlik so'zlarining bosh harflarining jamlanmasi bo'lib, har oyda bir marta tashkil etiladigan tadbirlarimizda 5 turli sohaning professionallari o'z yo'nalishlarida mahorat darslarini berishadi. Loyihada ishtirok etish mutlaqo bepul. MODUL5 ning asosiy maqsadi O'zbekiston yoshlariga sof o'zbek tilidagi foydali bo'lgan ma'lumotlarni ishonchli insonlar tomonidan yetkazib, tushutirish va kelajakda ularning rivojlanishidagi asosiy platforma bo'lishdir.

Shu kunga qadar loyihada 100dan ortiq spikerlar ishtirok etdi. Offline formatda 10000 dan ziyod yoshlarni bir yerda rivojlanish uchun jamlashga erishdi. 2020-yilda MODUL5 loyihasi "O'zbekiston Yoshlar forumi" doirasida "Yilning eng yaxshi ta'lim dasturi" etib taqdirlandi.
Biz bilan birga rivojlaning va rivojlantiring. MODUL5 Muvaffaqiyat Sari!

Loyiha 2019-yil O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi, 2021-yili esa Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan moliyalashtirilgan.Bugungi kunda homiy qidirilmoqda.

Бейне
KZhead