AROBIY24

AROBIY24

بــســـم الله الرحمن الرحيم

Oʻzining kalomini arabiy qilib nozil qilgan Allohga cheksiz hamd-u sanolar boʻlsin! Arablarning eng fasohatlisi boʻlmish Nabiyyimiz Muhammad (alayhissalom)ga salovat-u salomlar boʻlsin! Ammo ba’d:

Arab tili. Shubhasiz, ushbu til dunyodagi eng goʻzal, latofatli va serqirra tildir! Arab tilini oʻrgangan, uning ilmlarini egallagan kishi bu gaplarni shaxsan oʻzi tushunib yetadiki, ana oʻshanda bu tushunish, bu anglashning zavqi oʻzgacha boʻladi. Hech bir dunyo lazzati bu zavqning oʻrnini bosa olmaydi. Ushbu kanal ham mana shunday zavqni tuymoq istagida boʻlganlarga moʻljallangan. Biz qoʻlimizdan kelganicha, arab tili va unga aloqador boʻlgan barcha narsalar haqida ma’lumot berib boramiz. Gapni choʻzmaylik, zero, Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu):
"لِكُلِّ شيء رَأْسٌ، وَ رَأْسُ الْمَعْرُوفِ تَعْجِيلُهُ"،
"Har bir narsaning boshi bor. Yaxshilikning boshi uni tezlashtirishdir", deb aytib oʻtganlar. Arab tili esa yaxshiliklarga tezroq yetishish yoʻlidir!
Al_Bayan

Бейне
KZhead