Afrikalik KAMBAG'AL Bola Milliarderga aylandi- "TESLA" Brendi tarixi

2022 ж. 13 Қыр.
87 314 Рет қаралды

Eng yangi audiokitob va zamonaviy, foydali videolarni birinchilardan bo'lib biz bilan kuzating!
Kanalga obuna bo'lish uchun ssilka: bit.ly/3av8PKH
Elektr dvigatelli avtomobilni yaratish g‘oyasi ichki yonuv dvigatelli birinchi mashinadan ancha oldin paydo bo‘lgan. Chunki Nikola Teslaning ish qog‘ozlarida ham elektr dvigatelda harakatlanadigan avtomobil chizmalari bor edi. Ammo u o‘z zamonasidan ilgarilab ketgani bois uning g‘oyasini amalga oshirish uchun texnologiya hali u darajada rivojlanmagan edi.
Uzoq yillar davomida faqatgina ekologlar elektr avtomobillar tarafdori edi. Chunki golf-karlar misolidagi elektromobillar an’anaviy benzinda harakatlanuvchi avtolarga ko‘p borada bas kelolmas edi
Tesla kompaniyasi muvaffaqiyatining asosi - bu ikki muhandis Mark Tarpenning va Martin Eberxarddir. Loyihani amalga oshirishga ularning shaxsiy g‘oyalari turtki bo‘ldi . Mark ekologiya uchun kurashuvchilardan edi. Martin esa har doim 8 kilometr yo‘lga bir litr yoqilg‘i ishlatmaydigan sport mashinasini orzu qilar edi.
90-yillarda Kaliforniyada ularning umumiy do‘sti bo‘lmish Greg Rand uyushtirgan uchrashuvda tanishgan Mark va Martin sitkomdagi ikki qahramonni esga solishardi: suhbatdosh va g‘ayratli Eberxard hamda kamtar Tarpenning bir-birining kamchiligini to‘ldirgan. Ko‘p o‘tmay ular birgalikda ish boshlaydilar.
1997-yil bahorida Eberxard va Tarpenning “NuovoMedia”ni yaratdilar va o‘zlarining “Rocket eBook” nomli elektron kitob o‘qish moslamasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydilar. Ular muvaffaqiyat to‘lqinini tezda qo‘lga kiritib, 187$ million AQSh dollari ishlab topadilar.
Elektr avtomobil tomon
Ularning keyingi loyihasi Eberxardning avtomobil sotib olmoqchi bo‘lganida yuzaga kelgan. An’anaviy sport avtomobillar ko‘p yoqilg‘i sarflagani uchun, ular faqat elektr tokidan foydalanuvchi mashina yaratishga qaror qilishadi. 2000-yillarning boshlarida allaqachon elektron dvigatelli tezkor mashinalarni seriyasiz ishlab chiqarishga urinishlar bo‘lgan edi. Eberxard Kaliforniyaning “AC Propulsion” kompaniyasining kichik “Tzero” rusumli mashinasi haqida ma’lumot oladi. “Lamborghini” kabi tezlanishga ega bo‘lgan holda, u butunlay elektron edi.
Tarpenning va Eberxard ushbu sohada qo‘llanilib kelingan qo‘rg‘oshin asosli akkumulyatorlar o‘rniga oddiy telefon va noutbuklardagi litiy-ion batareykalardan foydalanishga qaror qilishadi, chunki o‘sha paytda bu nisbatan ilg‘or texnologiya edi.
Dvigatel sifatida esa ular Induksion motorni oldilar. Bunday motorning eng sodda namoyondasi oddiy uy ventilyatorlarini harakatga keltiradi. Bunday dvigatelning quvvatlirog‘ini ishlatish an’anaviy avtomobillar uchun zarur bo‘lgan katta dvigatel, transmissiya, benzin baki va chiqindi gazlar quvuri kabi bir qator detallarga ehtiyojni yo‘qqa chiqarardi. Chunki avtomobil harakatga kelishi uchun elektr dvigatel, quvvat manbasi va boshqaruv tizimining o‘zi yetar edi.
2003-yilda Martin va Mark tomonidan yaratilgan kompaniya induksion motor ixtirochisi Nikola Tesla sharafiga Tesla Motors deb nomlandi.
Eberxard ham, Tarpenning ham avtomobilsozlik sohasida yetarli tajribaga ega emas edi. Ularning ikkalasi ham mashinani yaratish elektron kitobga qaraganda biroz murakkabroq deb taxmin qilishgan edi, ammo amalda esa juda ko‘p narsa ustida ish olib borish kerak bo‘lgan.
Yirik avtomobil kompaniyalar uchun detallar turli zavodlarda ishlab chiqariladi. Tesla ham shunday amaliyotni qo‘llay boshladi va Britaniyaning Lotus kompaniyasi bilan kuzovlar tayyorlash yuzasidan shartnoma imzolanadi. Unga ko‘ra Teslaning “The Roadster” modeli Lotus Elise avtomobilining asosida ishlab chiqarilar edi.
2004-yilga kelib, PayPalni sotib millionerga aylangan Mask o‘zining SpaceX kompaniyasiga asos solgan edi. Eberxard va Tesla Motorsning yana bir “otasi” Ian Raytlar Elon Musk bilan Los-Anjelesda, SpaceX bosh ofisida uchrashadilar.
Bo‘lajak loyiha haqida bir qancha kelishmovchiliklar yuzaga keldi va Mask dastlab sarmoya qilishga qattiq shubha qildi. Biroq, ba’zi narsalarda Mask va Tesla muhandislari birdam edilar: elektr avtomobili kuchli, chiroyli, shunchaki yaxshi emas, balki chinakam texnika yutug‘iga aylanishi va nihoyat benzinni “ko‘mishi” kerak edi. Tarpenning bilan murosaga kelgan Musk Tesla Motorsga $ 7,5 mln dollar miqdorida birinchi investitsiya kiritadi. Keyinchalik Teslaga Google, eBay, Toyota va Daimler kompaniyalari sarmoya kiritadilar. Ammo eng katta ulush Maskka tegishli bo‘lib qolaveradi va u Tesla Motors boshqaruvining raisiga aylanadi.
Yig‘ilgan birinchi avtomobil Tesla Roadster deb nomlangan. Yuqorida aytib o‘tilganidek, uning asosiy tarkibiy qismlari Kaliforniyada ishlab chiqarilgan, ammo oxirgi avtomobil Buyuk Britaniyadagi fabrikalarda yig‘ilgan.
Davomini video orqali bilib oling.
Manba: Biznesrivojuz
Ushbu videoda Teslaning to'liq tarixini bilib olasiz.

Пікірлер
  • BIZ XALYAM GAZ BALONDA YURIBMZ 👈😅

    @BOND8816@BOND8816 Жыл бұрын
    • 😂👍

      @interval_tv@interval_tv Жыл бұрын
    • Bu Ilon Mask diganlari hali gaz balonni foydasini bilmidide, bomasa bor pulini shu gaz balon ishlab chiqarishga tikkan bolardi🤣🤣🤣😅

      @abdukhakimabdukharrarov@abdukhakimabdukharrarov Жыл бұрын
  • NURLI MEDIA KANALI IJODKORLARIGA OMAD 👍

    @nikolatesla8934@nikolatesla8934 Жыл бұрын
  • Нурли медиа ижодкорларига омад

    @zozunaa2976@zozunaa2976 Жыл бұрын
    • Всем привет

      @zozunaa2976@zozunaa2976 Жыл бұрын
  • Kanalga gap yõq iltimos samsung kampaniyasi haqida video chiqaring

    @ssPUBGM2008@ssPUBGM2008 Жыл бұрын
  • Ajoyib video

    @iqtiboslar@iqtiboslar Жыл бұрын
    • Pepsi tarixini kutib qolamiz

      @user-cu7ih9pj6f@user-cu7ih9pj6f Жыл бұрын
    • Ya

      @user-pm2kd3ej3x@user-pm2kd3ej3x Жыл бұрын
  • Tesla elektromobillarida avtopilot rejimida yurish menga yoqadi.👍

    @A.B.71@A.B.71 Жыл бұрын
    • Bizga yoqat boraverib xotin bn ham avto pilotda bulamiz

      @Lenta.TV77@Lenta.TV77 Жыл бұрын
    • @@Lenta.TV77 sizni tushunmadim nima degansiz?

      @A.B.71@A.B.71 Жыл бұрын
  • Vov zur shunaqa vediolar kup bo'lsin Adminlar

    @wewatchcatstogether5065@wewatchcatstogether5065 Жыл бұрын
  • Видё учун рахмат.

    @asilbekraxmatullayev4389@asilbekraxmatullayev4389 Жыл бұрын
  • Zo'r 👍👍👍👍

    @saturntursunov6741@saturntursunov6741 Жыл бұрын
  • Зурр

    @user-mt7gq2sk6h@user-mt7gq2sk6h Жыл бұрын
  • Ассалому алейкум зор бардавом болсин видеолариз

    @azamatnasriddinov8652@azamatnasriddinov8652 Жыл бұрын
  • Juda zoʻr, raxmat

    @hasanyoriqulov6502@hasanyoriqulov6502 Жыл бұрын
  • Nurli Mediaga raxmat men Ilon Mask muhlisiman shu qatorda Nurli Medianiham

    @qobiljonimonqulov2801@qobiljonimonqulov2801 Жыл бұрын
    • Men ham

      @Starkindustries666@Starkindustries666 Жыл бұрын
  • Omad ✊🇺🇿

    @sardoraliqulov7853@sardoraliqulov7853 Жыл бұрын
  • Zor malumotlar👍👍👍👍

    @Camediya_videolar@Camediya_videolar Жыл бұрын
  • ASSALOM ALEYKUM RAXMATULO RAXMAT OLLO ROZI BUSIN ZUR

    @boburkuliev@boburkuliev Жыл бұрын
  • Gáp yoʻq vedio zoʻr kanalga omad

    @bahadir.workout@bahadir.workout Жыл бұрын
  • Zoʻr tez tez chiqarib turin

    @elyorshokirov9632@elyorshokirov9632 Жыл бұрын
  • Асаломуалейкум нурли медя ижодларингизга омад уз авто моторс хакида биз билмаган малумотлар билан видио килишингизни таклиф килиб коламан

    @gofurovjoraboy1979@gofurovjoraboy1979 Жыл бұрын
  • Каналга омад.

    @shahrukesh@shahrukesh Жыл бұрын
  • Gap yoʻq, Ilon Musk albatta aqbovar natijalarga erishmoqda.

    @hikmatlisozlar.@hikmatlisozlar. Жыл бұрын
  • 👍👍👍🔥

    @MuhammadaliCodm@MuhammadaliCodm Жыл бұрын
  • 👍👍👍

    @MubinMedia1@MubinMedia1 Жыл бұрын
  • Zur video bulibdi.

    @Hamidulla_uz@Hamidulla_uz Жыл бұрын
  • 👍👍👍👍👍👍👍👍👍

    @javlonbekravshanov4604@javlonbekravshanov4604 Жыл бұрын
  • Gazmobil🚗💨

    @hazratli0304@hazratli0304 Жыл бұрын
  • Шунака видеоларни куриб утириб халиям газдами юриммиз дейишга бахона килганлар,харакат килинмаса ривожланищ бомейди

    @saltanat7894@saltanat7894 Жыл бұрын
  • Hech qanaqa kambagal bola bolmagan

    @oktamgofurov3912@oktamgofurov3912 Жыл бұрын
  • Zo'r ishlaga omad

    @fazliddinarifjonov4000@fazliddinarifjonov4000 Жыл бұрын
  • Омат

    @user-hc2tt7wz2g@user-hc2tt7wz2g Жыл бұрын
  • Assalomu aleykum. Aka keyingi videoni "General Motors", "UzAuto Motors" haqida qilib chiqaring. 😂😂😂

    @newblogger5164@newblogger5164 Жыл бұрын
  • bizda undanda qiziqroq ixtiro bor lekin homey yuq

    @Arzon_Energiya@Arzon_Energiya Жыл бұрын
  • Ilon mask haqida chiqarurin koproq videoni koradgonla kop

    @user-jy6dv2dm9s@user-jy6dv2dm9s Жыл бұрын
  • Бу Билиб олинг канали шархловчисику

    @isabek1948@isabek1948 Жыл бұрын
  • Bizda bunyodkor stadioni bor😄😄😄

    @marufjaxonov7641@marufjaxonov7641 Жыл бұрын
  • Video ga va kanalga gap yoq zoor👍👍👍👍👍 Keyingi video Mercedes-Benz haqida bulsin

    @jamshidbekjamshidbek8406@jamshidbekjamshidbek8406 Жыл бұрын
  • 2 емас 2,3

    @user-mf6ie8hg5u@user-mf6ie8hg5u Жыл бұрын
  • Sarlavhani tug’irlab quygin adming Ilon Mask kambag’al bulmagan

    @ravshanjuraev1498@ravshanjuraev1498 Жыл бұрын
  • Biz haliyam metandamiz🤣🤣

    @gameshub5693@gameshub5693 Жыл бұрын
  • Bizning odamlarni ixtirilarga quyib bersa davno yasab chiqardi eliktro mabel

    @akmalshaislamov2217@akmalshaislamov2217 Жыл бұрын
  • Odamlar qonibilan oziqlanadigan Gm qachon shunday mashinalar ishlab chiqararekan a

    @saidmeliyov2252@saidmeliyov2252 Жыл бұрын
  • Shunchaki daho

    @sardorshodiyev8771@sardorshodiyev8771 Жыл бұрын
  • Shunchaki daxshat

    @jahongirahmatov7861@jahongirahmatov7861 Жыл бұрын
  • Elon Mask trngi yoʻq texnologik odam. U XXI asrdamizning dahosi. Bazi odamlarning fikrlashi esa hali Ham mezazoy davridan qolgan. Elon Mask tengi yoʻq odam

    @Starkindustries666@Starkindustries666 Жыл бұрын
  • Биз халиям запчас олип мошина йигамиз зора

    @oybektoxtasinov5009@oybektoxtasinov5009 Жыл бұрын
  • Ilin Mask haqida vedio chiqaring

    @zarifturdiyev123@zarifturdiyev123 Жыл бұрын
    • Uzfakt kanalida ilon mask haqida bor youtubega yozin

      @soliev3774@soliev3774 Жыл бұрын
  • Nega maddohlar belgisi bor

    @marginal2004@marginal2004 Жыл бұрын
  • Электрокар 19-20 чи асрда йук эди.электро кар 21 чи асрда чикаришни бошлаган.19-20 чи асрда электромобил болган

    @user-qm6lz3cw3w@user-qm6lz3cw3w Жыл бұрын
  • Akumlaytori eskirsa yarim puliga alishtiradi undan jiguli yaxshi olginingcha minasan

    @javogirmamajonov2582@javogirmamajonov2582 Жыл бұрын
  • Уни.исми.фамилясидан.бошқа.хеч.нарсаси.йўқ.ахмадбойга.ўхшаб.нармалний.иш.бошлаб.қўйган

    @abdurashidalishev5854@abdurashidalishev5854 Жыл бұрын
  • Nurli Media, ILON MASK oilasi kambagʻal bo'lmagan. Hatta o'rtachadan yuqori bo'lgan. Yolgʻon ma'lumot tarqatmang!!!

    @Fury_inc@Fury_inc Жыл бұрын
  • Коптан бери видео чикармай койудизлар

    @user-hc2tt7wz2g@user-hc2tt7wz2g Жыл бұрын
  • Elon musk juda ğaroyib odam da

    @user-hm6dc8nd6v@user-hm6dc8nd6v Жыл бұрын
  • 450 km emas 750km yuradi

    @Yangilanish@Yangilanish Жыл бұрын
  • Vidyoga masonlar belgisini nma aloqasi bor

    @asliddinabdusalomov7909@asliddinabdusalomov7909 Жыл бұрын
  • Biz Ilon Mask haqida bilganimiz bilan Ilon Mask bo'lolmasak kerak.

    @SamsungSamsung-xg5gh@SamsungSamsung-xg5gh Жыл бұрын
    • Лекин ундан зори болишиз мумкин мухими яхши нийат ва мехнат сабр керак.

      @islombekurinboyev4284@islombekurinboyev4284 Жыл бұрын
  • Ilon Mask Afrikalikmi?

    @startermoney@startermoney Жыл бұрын
    • JAR ning Pritoriya shahrida

      @marhamatuzbekova3322@marhamatuzbekova3322 Жыл бұрын
  • Бу камбагал болмаган😅

    @MuhammadSalimov-iu6pe@MuhammadSalimov-iu6pe5 ай бұрын
  • Tesla qanaqa monistir matorning baland ovozidek roxat bermaydi u axmoqlar, lamborghini, ferari lar shu sababli qimmat bulsaxam sotiladi

    @sheka797@sheka797 Жыл бұрын
  • 👍👍👍

    @maksmakon7264@maksmakon7264 Жыл бұрын
KZhead