"Любава" slavyan ashula va raqs jamoasining hisobot konsertidan lavha.

2024 ж. 23 Сәу.
212 Рет қаралды

Ushbu ansambl 2008-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan havaskorlik san'atini rivojlantirish va milliy qadryatlarni tiklashdagi faol xizmatlari hamda yuksak ijrochilik mahorati uchun "Любава" slavyan ashula va raqs jamoasiga "Xalq havaskorlik jamosi" unvoni berildi.
Ansambl repertuarida slavyan, rus, o‘zbek va boshqa millatlarning 150 dan ortiq kuy-qo‘shiqlari mavjud. Jamoa a'zolari Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan konsert va ko‘rik-tanlovlarda munosib ishtirok etib, ko‘plab yutuqlarga ega bo‘lib kelishyapti.

KZhead