Samoviy kitoblar haqida | Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

2021 ж. 22 Қар.
4 704 Рет қаралды

Samoviy kitoblar haqida
Bismillahir rohmanir rohim, Alloh taolo insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun payg‘ambarlarni yuborgan. Ularga vahiy tushirgan. Ba'zilariga kitob, ba'zilariga sahifalar nozil qilgan. Avvalda nozir qilingan kitob va sahifalar soni aniq emas. Bu borada sanadi sahih bo‘lmagan bir rivoyat kelgan. Abu Zar G‘iforiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, u Nabiy sollalohu alayhi va sallamdan: “Alloh taolo qancha kitob nozil qilgan?” deb so‘radi. U zot: “Yuzta sahifa va to‘rtta kitob: Shisga 50 sahifa, Idrisga 30 sahifa, Ibrohimga 10 sahifa, Musoga Tavrotdan oldin 10 sahifa nozil qildi. U Zot Tavrot, Injil, Zabur va Qur'onni tushirdi”, dedilar (Ibn Hibbon, Ibn Mardavayh, Abd ibn Humayd va Ibn Asokir rivoyati. Rivoyat sanadida yolg‘onchilikda ayblangan roviy bor).
Lekin samoviy kitoblarning nozil qilinish ketma - ketligi ma'lum. Bu payg‘ambarlar yashagan davrga qarab aniqlanadi. Jumladan, Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga sahifalar, Muso alayhissalomni Tavrotni (yana sahifalar ham), Dovud alayhissalomga Zaburni, Iso alayhissalomga Injilni va Sayyidimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamga Qur'oni karimni nozil qilgan.
Har bir mo‘min - musulmon banda mana shu kitoblarga ijmoliy (umumiy) suratda imon keltirishi, ular Alloh tarafidan tushirilganiga shubhasiz ishonishi shart. Alloh taolo aytadi: “(Ey Muhammad,) U Zot Sizga o‘zidan avval tushgan kitoblarni tasdiqlovchi bo‘lgan bu Kitobni (Qu'onni) haq bilan nozil qildi. Ilgari insonlarni hidoyat qilish uchun Tavrot va Injilni tushirgan edi” (Oli Imron, 3).
Alloh taolo vahiy yuborgan payg‘ambarlar haqida shunday deyilgan: “(Ey Muhammad,) albatta Biz Nuhga va undan keyingi payg‘ambarlarga vahiy yuborganimiz kabi Sizga ham vahiy yubordik. Yana Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qub va o‘sha urug‘ - avlodlar, Iso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymon payg‘ambarlarga ham vahiy yuborganmiz. Dovudga Zaburni ato etdik” (Niso, 163). Ulamolar to‘rtta samoviy kitobga: Tavrot, Zabur, Injil va Qur'onga, shuningdek, Ibrohim va Muso alayhimussalom sahifalariga imon keltirish vojibligiga ijmo qilishgan.
Xullas kalom, Tavrot Muso alayhissalomga, Zabur Dovud alayhissalomga, Injil Iso ibn Maryam alayhissalom, Qur'oni karim Muhammad sollallohu alayhi va sallamga nozil qilingan. Qur'oni karim - biz mo‘min - musulmonlarning Kitobimiz. Tavrot yahudiylar kitobi, Injil nasroniylar kitobi. Aytilishicha, hozirda yer yuzida Zaburni o‘z kitobi deb biladigan bironta ham millat yo‘q ekan. Aslida nasroniymi, yahudiymi, kim bo‘lishidan qat'i nazar hamma Muhammad sollallohu alayhi va sallam risolatlariga imon keltirishi lozim. Zero, bu oxirgi shariatdir. U o‘zidan oldingi shariatlarni amaldan qoldirgan. Barcha payg‘ambarlar dini bir, Parvardigorlari bir, ammo shariatlari boshqa - boshqa bo‘lgan. Endi qiyomatgacha keladigan odamlar va jinlar Islom shariatiga amal qilishlari kerak. Alloh, bandalar Islomdan boshqa “din”ga e'tiqod qilishlariga rozi bo‘lmaydi...
Garov o'ynash mumkinmi?
👉 • Garov o'ynash mumkinmi...
Namoz o'qimaganlik uchun shayton aybdor emasmi?
👉 • Namoz o'qimaganlik uch...
Qarzni so'rab olish mumkinmi?
👉 • Qarzni so'rab olish mu...
Samoviy kitoblar haqida | Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Пікірлер
  • Assalamu alaykum.Ustozdan Alloh rozi bo'sin,oxiratlari obod bo'lsin 🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏

    @qurankids7439@qurankids74392 жыл бұрын
  • Alhamdurillah oloh rozi bolsin

    @islomdunyoustuni8085@islomdunyoustuni80852 жыл бұрын
    • Assalamu alaykum

      @zikrahlidansorang2112@zikrahlidansorang21122 жыл бұрын
  • Ассаламу алайкум. Аллох рози булсин

    @kavsarmedia928@kavsarmedia9282 жыл бұрын
    • Ассаламу алайкум.👍👍👍

      @zikrahlidansorang2112@zikrahlidansorang21122 жыл бұрын
  • Alloh rozi boʻlsin ustozimizdan

    @user-tv2bo9nh2o@user-tv2bo9nh2o3 ай бұрын
  • 2 çi layk dost Salomat bolin işlarizga omad yor bolsin juda yahşi maruza

    @uzklass2202@uzklass22022 жыл бұрын
    • Ассаламу алайкум.👍👍👍

      @zikrahlidansorang2112@zikrahlidansorang21122 жыл бұрын
  • Assalamu alaykum va rohmatullahi va barokatuh

    @waytoheaven2109@waytoheaven21092 жыл бұрын
    • Ассаламу алайкум.👍👍👍

      @zikrahlidansorang2112@zikrahlidansorang21122 жыл бұрын
  • Assalomu alaykum olloh ustozdan rozi bõlsin🤲🏻🤲🏻🤲🏻 Ollohim rahmatiga olsin

    @familyxadiyja7515@familyxadiyja75152 жыл бұрын
    • Ваалайкум ассалам. амин!!!

      @zikrahlidansorang2112@zikrahlidansorang21122 жыл бұрын
  • АССАЛАМУ АЛАЙКУМ ВА РОХМАТУЛЛОХИ ВА БАРОКАТУХ. АЛЛОХ РОЗИ БУЛСИН!!!🤲🤲🤲🤲🤲🤲🤲🤲🤲🤲🤲🤲

    @nargiza6021@nargiza60212 жыл бұрын
  • Soch va tirnoqlar haqida 👍👍👍👍👍👍 kzhead.info/sun/gsykopansGaLd3A/bejne.html

    @zikrahlidansorang2112@zikrahlidansorang21122 жыл бұрын
KZhead