🏆O‘zDJTSU talabasi Jahon kubogi bosqichida kumush medalni qo'lga kiritdi

2024 ж. 14 Сәу.
5 Рет қаралды

#talaba_yutuqlari
Ayni kunlarda O‘zbekiston terma jamoasi badiiy gimnastika bo‘yicha Bolgariyaning Sofiya shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon kubogi bosqichida qatnashmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqaning bugungi bahslarida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti badiiy gimnastika yo‘nalishi talabasi, O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zosi, iqtidorli gimnastikachimiz Taxmina Ikromova bulava, xalqa hamda to‘p yo‘nalishlarining final bosqichida ishtirok etdi.
🥈Taxmina Ikromova toʻp bilan mashq dasturida 34.050 ball bilan ikkinchi oʻrinni egallab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
👏💐G‘alaba muborak bo‘lsin Taxmina!

KZhead