YOSHLAR - ERTAMIZ EGALARI!

2024 ж. 23 Сәу.
30 Рет қаралды

"O‘zmetkombinat" AJ Boshqaruv raisi - Bosh direktorga shahrimizning "Muqimiy" va "O‘zbekiston" MFYlaridan biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi. Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad yoshlar muammosini aniqlash, hal qilish choralarini ko‘rish va salohiyatlarini yuzaga chiqarish, hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida ko‘maklashishdan iborat.
Uchrashuv chog‘ida yoshlarning oilaviy, ijtimoiy holati, muammolari, qiziqishlari, orzulari va imkoniyatlari o‘rganildi. Endi ushbu yoshlarga ko‘maklashish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifa va tadbirlardan iborat "yo‘l xarita"si ishlab chiqiladi va vazifalar ijrosi kelgusida muntazam ravishda tashkil etiladigan uchrashuvlarda nazorat qilib boriladi.

KZhead