Anjancha podcast 1-son. Andijonning 83 yilligi kuni joylandi

2024 ж. 5 Нау.
999 Рет қаралды

Andijon viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Fargʻona vodiysining sharqiy qismida. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. Maydoni 4,2 ming km². Aholisi 3 394 400 kishi (2024-yil 1-yanvar holatiga). Andijon viloyatida 14 qishloq tuman, 11 shahar va 95 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2000). Markazi - Andijon shahri[2].
Tarixi
Viloyat 1941-yil 6-martda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining farmoni bilan Fargʻona viloyatidan ajralib chiqibOʻzbekiston SSR tarkibida tashkil etilgan. Bu hududda avval, 1926-1930-yillarda O‘zbekiston SSRning Andijon okrugi tashkil etilgan.
Dastlab viloyat tarkibiga Oyim, Oltinkoʻl tumani, Andijon, Baliqchi, Voroshilov, Jalaquduq, Izboskan, Lenin, Marhamat, [Paxtaobod, Stalin, Xoʻjaobod tumanlari hamda viloyatga qarashli Andijon va Leninsk shaharlari kirgan.
1943-yilda Xoldevonbek, Chinobod tumanlari, 1950-yilda Boʻz tumani, 1953-yilda Buloqboshi, Qoʻrgʻontepa, Moskva tumanlari tashkil etilgan.
1959-yilda Moskva viloyati tugatildi.
1960-yilda tugatilgan Namangan viloyati tarkibidan Namangan, Norin, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on tumanlari hamda Namangan viloyatiga bo‘ysunuvchi shahar Andijonga o‘tkazilgan.
1961-yilda Voroshilov tumani Ilyichevsk, Stalinsk esa Moskva deb o'zgartirilgan. Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon va Chust tumanlari Fargʻona viloyatidan Andijon viloyatiga oʻtkazilgan.
1962 yil dekabr oyida Aim, Oltinkoʻl, Bo'z, Buloqboshi, Jalaquduq, Ilyichevsk, Kosonsoy, Lenin, Norin, Paxtaobod, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Xaldivonbek va Chinobod tumanlari tugatilgan.
1964-yilda Boʻz va Zadaryo tumanlari tashkil etilgan.1965-yilda Marhamat tumani Lenin tumani deb nomlangan.
1967-yilda Uychi tumani tashkil topgan. Oʻsha yili Zadaryo, Namangan, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chust, Yaniqoʻrgʻon tumanlari hamda Namangan shahri qayta tiklangan Namangan viloyatiga oʻtkazilgan.
1970-yilda Marhamat, Paxtaobod tumanlari, 1973-yilda Jalaquduq va Komsomolobod, 1978-yilda Oltinko‘l tumanlari tashkil etilgan. 1972-yilda Sovetobod tumanga, 1994-yilda esa Shahrixonga viloyatga bo'ysunuvchi shahar maqomini olgan.
1992-yilda Buloqboshi tumani tashkil etilgan.
2003-yilda viloyat „Amir Temur ordeni“ bilan taqdirlangan[3].
Tabiati
Andijon viloyati yer yuzasi asosan tekislik. Hozirgi relyefi va yer yuzasidagi jinslar toʻrtlamchi geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarining faoliyatidan hosil boʻlgan. Viloyatning gʻarbiy qismi qirli tekislik (bal. 400-500 m), sharqi (Andijon shahridan sharda) Fargʻona va Oloy tizmalarining tarmoqlaridan iborat. Andijon viloyati geologik aktiv zonada joylashgan, kuchli zilzilalar boʻlib turadi (qarang Andijon zilzilasi). Iqlimi keskin kontinental, quruq. Togʻ tizmalari Fargʻona vodiysini sovuq havoning kirib kelishidan toʻsib turganligi uchun qishda Andijon viloyatida ob-havo birmuncha barqaror. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,3°, qishi nisbatan sovuq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi −3°. Vegetatsiya davri 217 kun. Yiliga 200 - 250 mm yogʻin tushadi. Av. Oʻzbekistonning boshqa viloyatlariga nisbatan suv resurslariga boy. Daryolari yogʻindan, togʻlardagi koʻp yillik qor va muzliklardan suv oladi. Asosiy daryosi - Qoradaryo (Sirdaryo irmoqlaridan biri). Uning irmoqlari - Moylisuv, Oqboʻra, Aravonsoy va boshqa Av. daryolarining suvi sugʻorish uchun ishlatiladi. Tuproqlari boʻz, qoʻngʻir, oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq tuproqlar, qumtosh, mergel, less va chaqirtoshlardan iborat. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar bilan qoplanadi. Av.ning ekin ekilmaydigan tekislik qismida shuvoq-shoʻra oʻsimliklari, togʻ yon bagʻirlarida pista, bodom oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar (buri, tulki, qobon va boshqalar) kam uchraydi; sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suv havzalarida baliqlar bor.
Aholisining koʻpchiligini oʻzbeklar tashkil etadi. Qirgʻizlar, Tojiklar, Uygʻurlar, Ruslar, Koreyslar, Qangli va boshqalar ham bor. Rossiya Qoʻqon xonligini bosib olgach, bu yerga rus, ukrain, tatar, arman, yahudiy va boshqa millat vakillari koʻchib kelgan. 1 km² ga oʻrtacha 517 kishi toʻgʻri keladi. Milliy tarkibi: oʻzbeklar - 86,8%, qirgʻizlar 3,8%, tatarlar 3,1%, Qanglilar 2%, ruslar 2%. Shaharliklar 657,7 ming kishi, qishloq aholisi 1539,2 ming kishi (2000).
#andijon #anjan #podcast #million #shavkatmirziyoyev #prezident #lola #podcast #podcasts #1million #1k #100 #2023 #2024

Пікірлер
  • ‼Ushbu videoga👍 like va podpisatsiya tugmasini bosish esizdan chiqmasin! Faqatgina shu orqali bizni qilayotgan mehnatimizni qo’llab quvvatlab turishingiz mumkin! Rahmat😊

    @Anjanchapodcast@Anjanchapodcast2 ай бұрын
  • Barchaga raxmat!

    @BaxtiyorMominov@BaxtiyorMominov2 ай бұрын
  • 🎉🎉🎉Anjancha podcast 🎉🎉🎉

    @user-bk1rw4lm9g@user-bk1rw4lm9g2 ай бұрын
  • Loyixaga gap yoq. Baxtiyor aka Abduvali aka bilan joyini almashtirsa yaxshi boladi menimcha.

    @ZorTaomTV@ZorTaomTV2 ай бұрын
    • Endi ashnaqa qilamiz akam😂

      @user-bk1rw4lm9g@user-bk1rw4lm9g2 ай бұрын
  • Barakalla. 👍👍👍

    @uzbekistantravelfoods1038@uzbekistantravelfoods10382 ай бұрын
  • Zo'r ❤❤❤

    @user-oj3mi3dw4d@user-oj3mi3dw4d2 ай бұрын
  • Андижон тумани деганда Ойша 👍

    @oisha_yakubova@oisha_yakubova2 ай бұрын
  • Akalar, bosing)

    @shuhratsaidahmadov8425@shuhratsaidahmadov84252 ай бұрын
  • Yaxshi boshlangan loyiha bardavom bo’lsin Alloh kuch quvvat bersin

    @andijonkadastr@andijonkadastr2 ай бұрын
  • 👍👍👍👍👍👍👍👍👍

    @sarvarziyaev1367@sarvarziyaev13672 ай бұрын
  • Aprel oyi🤣🤣🤣

    @ZorTaomTV@ZorTaomTV2 ай бұрын
  • 👍👍👍👍😊

    @oisha_yakubova@oisha_yakubova2 ай бұрын
  • 👍

    @kumush3438@kumush34382 ай бұрын
  • 👍👍👍👍👍

    @oisha_yakubova@oisha_yakubova2 ай бұрын
  • Яшанглар Абдували

    @user-on5hx4ct2q@user-on5hx4ct2q2 ай бұрын
  • Akalar ishilar ilgari bulsin.

    @Isroiljon.Dehqonov@Isroiljon.Dehqonov2 ай бұрын
    • раҳмат

      @Anjanchapodcast@Anjanchapodcast2 ай бұрын
  • 0:39 pastas DEVORDIZMI ?

    @sherzod-Kh@sherzod-Kh2 ай бұрын
  • Oʻrtadagi bolani nomeri yoʻqmi )))

    @Hammasidan_bor@Hammasidan_bor2 ай бұрын
    • Menda bor😂

      @diyorxxl836@diyorxxl8362 ай бұрын
    • Silardan konglim toq

      @BaxtiyorjonFoziljonov@BaxtiyorjonFoziljonov2 ай бұрын
  • Ассалому алайкум. Йигитлар ҳорманглар. Лойиҳани бошлаб олганларингиз билан табриклайман. Шундай формат ҳам керак эди. Келгусидаги ишларга ривож, кўрувлар сони доимий ошиб борсин. Яхши-яхши фикрларни илгари сураверинглар. Умуман зўр.

    @zaxidjontadjibayev6968@zaxidjontadjibayev69682 ай бұрын
    • Rahmat katta e'tibor uchun

      @Anjanchapodcast@Anjanchapodcast2 ай бұрын
  • Anjancha podkat😆

    @user-jx1ln9ux7f@user-jx1ln9ux7f2 ай бұрын
    • ёқмадими?

      @Anjanchapodcast@Anjanchapodcast2 ай бұрын
  • Ҳокимларга шунчалик урғу бериш шартми?

    @user-np2hj2tb9b@user-np2hj2tb9b2 ай бұрын
    • таклифларингизни кутиб қоламиз

      @Anjanchapodcast@Anjanchapodcast2 ай бұрын
    • @@Anjanchapodcast Йигитлар, шахсларга, айниқса, ҳозир амалда бўлган шахсиятларга кўп тўхталманглар... Айнан шу жиҳат кўрсатувингизни савиясини туширибди... Андижон тарихи, тарихий шахслари борасида кўрсатув тайёрланг, масалан, Дукчи эшонни қанчалик биламиз... Ваҳоланки, эшоннинг юртимиз озодлиги учун кураши арзирли...

      @user-np2hj2tb9b@user-np2hj2tb9b2 ай бұрын
  • Assalamu alaykum aka Asaka yana shahar maqomini olishi mumkinmi

    @RedTeam-vj7bs@RedTeam-vj7bs2 ай бұрын
    • Ваалайкум ассалом. Ҳа

      @Anjanchapodcast@Anjanchapodcast2 ай бұрын
KZhead