Oy materiali: «45 yildan beri gazli suv sotuvchi Abduvosit ota hikoyasi» qanday tayyorlangan?

2024 ж. 25 Мам.
2 630 Рет қаралды

#oymateriali #suvchi #otaxon #gazetauz #podcast
“Gazeta.uz” “Oy materiali” nomli loyiha boshlaganidan xabaringiz bor. Unda nashrda bir oy davomida eʼlon qilingan materiallar orasidan tahririyat tanloviga koʻra eng yaxshisi aniqlanadi hamda uning mualliflari bilan materialni tayyorlash jarayoni va unga sigʻmay qolgan jihatlar haqida suhbatlashib boriladi.
Avgust oyida Ziyoda Ramazonova, Madina Aʼzam va Maʼmurjon Obrahmatovlar partnyorligidagi ““Kelmagan bir prezident qoldi, xolos”. Internet yulduziga aylangan va 45 yildan beri gazli suv sotuvchi Abduvosit ota hikoyasi” eng yaxshi deb topildi. Material videokontenti koʻrishlar soni boʻyicha “Gazeta.uz” nashrining oʻzbek tahririyatidagi eng koʻp koʻrilgan videoga aylandi.
“Oy materiali” loyihasining ushbu sonida material mualliflari va muharriri Muhrim Aʼzamxoʻjayevlar matn, foto, videokontent tayyorlanishi va tahrir jarayonlari haqida fikr almashishdi.
Boshlovchi va muharrir: Muhrim Aʼzamxoʻjayev
Tasvirchi: Iskandar Mirzaxmedov
Montaj ustasi: Maʼmurjon Obrahmatov
Taymkodlar:
00:00 - Tizer
01:08 - Kirish. Avgustning “Oy materiali” haqida
02:56 - Nega gazli suv sotuvchi Abduvosit ota haqida material tayyorlashga qaror qilindi?
04:48 - Qahramonni intervyuga koʻndirish jarayoni qanday boʻldi?
13:03 - Material mualliflariga gazli suv birinchi marta ichganida yoqqanmidi?
14:57 - “Odamlar bizdan intervyu olmasligimizni talab qilgan” - Maʼmurjon Obrahmatov
16:41 - Boshlangan suratga olish ishlari nega toʻxtatilgan edi?
19:38 - Qahramon intervyu tugashini xohlamay qolgan
22:14 - “Ketishingni sezyapsanmi, yana 10-15 daqiqa qol. Nimadir sodir boʻladi”
21:30 - Videooperator syomka jarayoni haqida
22:30 - You tubeʼda eʼlon qilingan 7,5 daqiqali video uchun qancha kadr olingan?
23:24 - Fotograf Madina Aʼzamning syomkasi qanday oʻtgan?
27:10 - “Odamlarning mendan kelganimni soʻraverishi qahramonning ishimni tugatishimni soʻrashiga sabab boʻldi”, - Madina Aʼzam
27:41 - Qahramonning uxlayotgani koʻrsatilgan surat qanday olingan edi?
28:20 - Madina Aʼzam fotohikoya uchun qanday qoʻshimcha detal olmoqchi edi?
29:50 - Qahramon bilan ishlash jarayoni qachon tugadi?
30:31 - Butkada Abduvosit ota boʻlmaganda suv ichishga kelgan odamlar juda kamayadi
32:33 - Nima uchun suv ichishga kelgan Ichki ishlar xodimlari Madina Aʼzamning suratga olishiga qarshilik qildi?
34:02 - Nega Abduvosit otaning mijozlari koʻp?
35:43 - Nima uchun intervyuda qahramonlar jurnalistlarga “ochilmaydi”?
38:14 - Hamma narsa mijoz uchun
40:26 - Videokontent “Gazeta.uz” You tube kanalidagi eng koʻp koʻrilgan videoga aylandi. Buning sababi nimada?
48:25 - Mualliflar bu materialdan qanday yangi tajribalar oldi?
51:49 - Mualliflar aslida materialni qanday tayyorlamoqchi edi? Nimalar koʻrsatilmay qolib ketdi?
58:00 - Istalgan materialni cheksiz yaxshilash mumkin. Toʻxtashni ham bilish kerak!
58:46 - Bu materialni tayyorlash qanchalik qiyin yoki oson boʻldi?
59:09 - Maʼmurjon nega Madinaga havas qiladi?
1:01:33 - Yaxshi rasm videodan farq qilinishi uchun qanday olinishi kerak?
1:02:10 - Intervyu olish jarayoni haqida
1:24:14 - Fotohikoya matnini yozish jarayoni haqida
1:34:26 - Material chiqqandan keyingi reaksiyalar muallifga qanday taʼsir qildi?
1:37:36 - Muhrim Aʼzamxoʻjayev fidbeklarning jurnalist ishiga taʼsiri haqida
1:41:55 - Maxsus materiallar ustida jamoaviy ishlashning oʻrni
1:42:48 - Soʻngsoʻz oʻrnida
Telegram - t.me/gazetauz_uzb
Facebook - / gazetauz
Instagram - / gazetauzbekistan
Twitter - / gazeta_uz

Пікірлер
  • Мазза қилиб кўрадиган лойиҳа ва суҳбат бўлибди. Муаллифларга раҳмат! Бир материални тайёрлаш бунчалик машаққатли бўлишини тўғриси билмагандим. Муҳрим ака топчик! Барибир 😁

    @n_abdurahmonov@n_abdurahmonov8 ай бұрын
  • Loyiha va oy materiali haqida o'z fikrlaringizni yozib qoldiring, bu faoliyatimizni yanada rivojlantirish hamda kuchli va foydali kontentlar yaratishimiz uchun muhim.

    @GazetaOzb@GazetaOzb8 ай бұрын
  • Qoyileey, ochig'i buncha bunaqa material uchun buncha mehnat ketishini bilmasakanmiz.

    @asliddinsadirdinov3396@asliddinsadirdinov33968 ай бұрын
  • Zor🎉

    @ayzadaamangeldieva357@ayzadaamangeldieva3578 ай бұрын
  • Зўр чиқибди. Муваффақият.

    @abrorabdullayev3185@abrorabdullayev31858 ай бұрын
  • Samimiy suhbat uchun rahmat ! Loyiha ijodkorlarining hammasiga omad. ❤

    @nurikjorayb9438@nurikjorayb94388 ай бұрын
  • Яхши сухбат 👍

    @D_Botirov@D_Botirov8 ай бұрын
  • ⚡⚡⚡

    @ayzadaamangeldieva357@ayzadaamangeldieva3578 ай бұрын
  • Қизиқ ва мазза қилиб эшитадиган подкаст бўлибди 😅. Омад.

    @guljamolqosimohunova2121@guljamolqosimohunova21218 ай бұрын
  • Ma'murjon akani muxlisiman omad!

    @azimbekxushmamatov@azimbekxushmamatov8 ай бұрын
    • 😭

      @mamurjonokay@mamurjonokay8 ай бұрын
  • Мазза қилиб кӯрдим. Чарчаманглар!

    @mustahkamtangiyarova6441@mustahkamtangiyarova64418 ай бұрын
  • супер

    @faxriddinberdiyorov6113@faxriddinberdiyorov61138 ай бұрын
  • 👍🏻👍🏻🔥

    @ferazoyirovna1249@ferazoyirovna12498 ай бұрын
  • Хамкасбларнинг сухбатини кўриб хавас қилдим

    @guljamolqosimohunova2121@guljamolqosimohunova21218 ай бұрын
  • Zo'r

    @abdullajonmuxtorov6760@abdullajonmuxtorov67608 ай бұрын
  • 💊

    @deepsouluz@deepsouluz8 ай бұрын
  • Kasb egalari nigohingizdan chetda qolmasin

    @fazliddinmuxamedov4677@fazliddinmuxamedov46778 ай бұрын
  • Манзилни тулик айтиб утмабсизлар ёзиб юборинглар

    @ravshanyuldashev6143@ravshanyuldashev61437 ай бұрын
  • Мазза қилиб кўрадиган лойиҳа ва суҳбат бўлибди. Муаллифларга раҳмат! Бир материални тайёрлаш бунчалик машаққатли бўлишини тўғриси билмагандим. Муҳрим ака топчик! Барибир 😁

    @n_abdurahmonov@n_abdurahmonov8 ай бұрын
KZhead