3-vaziyat: “Navbahor” - “Lokomotiv” uchrashuvi, ikkinchi sariq kartochka.

2024 ж. 8 Мам.
921 Рет қаралды

“Navbahor” - “Lokomotiv” bahsining 75-daqiqasida “Navbahor” hujumi chog‘ida “Lokomotiv”ning 14-raqamli a’zosi D. Komilov raqib jamoaning 22-raqamli futbolchisi T. Tabatadzeni oyog‘idan chalgan. Bosh hakam Aziz Asimov darhol hushtak chalib, futbolchiga qo‘pollik uchun o‘yindagi 2-sariq kartochkasini ko‘rsatgan va uni maydondan chetlatgan.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda himoyachi to‘pga o‘ynamagan. U oyoq bilan faqat raqib harakatini qo‘pollik bilan to‘xtatishni maqsad qilgan. Bosh hakam folni to‘g‘ri qayd etib, uni 2-bor ogohlantirgan. Hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

KZhead