O'z tomorqasidan unumli foydalanib daromad topayotgan Hakimjon ota

2024 ж. 19 Нау.
1 344 Рет қаралды

Ota-bobolarimiz bir qarich yerdan ham unumli foydalanishga, bogʻ-rogʻlar yaratishda alohida eʼtibor qaratishgan. Tomorqadan unumli foydalanish bu o'z-o'zidan daromadga ega bo'lishdir. Bugungi kunda ana shunday o'z tomorqasidan unumli foydalanib, nafaqa yoshida oilasiga daromad keltirayotgan Hakimjon ota Ismoilov "Soyibobod" mahallasida istiqomat qiladi.
Mehnatsevar dehqon Hakimjon ota 19 sotixli ixchamgina tomorqasida 1 sotix issiqxona tashkil qilgan, yiliga uch martta hosil oladi. Bundan tashqari qolgan yer maydoniga mevali daraxtlar ekib, daraxtlarning yaxshi meva solishiga ham bee'tibor bo'lmagan, tomorqasining bir chetida 30 quti asallari parvarishlab keladi va yiliga 350-400 kg asal oladi.
Batafsil videolavhada ko'rishingiz mumkin.

KZhead