Oli Imron surasi | Sadriddin qori

2024 ж. 15 Нау.
9 050 Рет қаралды

Oli Imron surasi fazilatlari
Oli Imron Imronning oilasi degani. Imron - Maryamning otasi (Iso alayhissalomning bobosi). Bu surada Imron, uning oilasi haqidagi qissa zikr etilgan. Shuning uchun sura “Oli Imron” deb nomlangan.
Mazkur surada Badr, Uhud janglari, Iso alayhissalom qissasi, Allohga shirk keltirishning eng katta gunohligi, shariat ahkomlari bayon qilingan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qur’on o‘qinglar. Chunki u qiyomat kuni o‘z ahliga shafoatchi bo‘ladi. Ikki yorituvchi nur - Baqara bilan Oli Imron surasini o‘qinglar. Ikkisi qiyomat kuni ikki bulut yoki ikki soyabon yoki bir guruh saf-saf qushlar shaklida kelib sohiblari hojatini chiqaradi. Baqara surasini o‘qinglar. Uni olish (o‘qish, yod olish, amal qilish) baraka, tark etish hasratdir. Unga sehrgarlar qodir bo‘la olmaydi”, deganlar (Imom Muslim, Imom Dorimiy, Imom Ahmad, Imom Hokim, Imom Ibn Hibbon rivoyati).
Ulamolarning aytishicha, mana shu ikki suradan hosil bo‘lgan ajr-savob qiyomat kuni bulut shaklida kelib bandaga soyabon bo‘ladi.
Abdulloh ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam huzurlarida o‘tirgandim. U zot: “Baqara va Oli Imron suralarini o‘rganinglar. Chunki ikkisi yorituvchi nurdir. Ular qiyomat kuni soyali bulut yoki saf-saf qush bo‘lib kelib egalarini soyasiga oladi”, dedilar”.
Yazid ibn Asvad aytadilar: “Kim kunduzi Baqara va Oli Imron surasini o‘qisa, kech kirguncha nifoqdan salomat bo‘ladi. Kim ularni kechasi o‘qisa, tong otguncha nifoqdan saqlanadi”.
Ka’b ibn Molikdan rivoyat qilinadi: “Kim Baqara va Oli Imron suralarini o‘qisa, ikkisi qiyomat kuni kelib: “Parvardigoro, bu (banda) uchun (azob-uqubatga) yo‘l yo‘q!” deydi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim juma kuni Oli Imron surasini o‘qisa, Alloh va farishtalari kun botgunicha unga salavot aytadilar”, deganlar (Imom Tabaroniy rivoyati).
Oli Imron surasi 1-20 oyatlar | Sadriddin qori
#sadriddinqori #oliimron @Sadriddinqori

Пікірлер
  • Кори болла етишиб чиксин иллохим омин омин омин

    @oltinoyoltinoy@oltinoyoltinoy15 күн бұрын
  • Оллохим илмизни Зиёда килсин

    @AbduhalilAthamov@AbduhalilAthamov15 күн бұрын
  • Жуда чироейли маши оллох мани хам давомчи авлодларим навараларимдан фарзандларимдан шунаканги

    @oltinoyoltinoy@oltinoyoltinoy15 күн бұрын
  • Olloh rozi bolsin

    @user-ir9wt1tg2i@user-ir9wt1tg2i13 күн бұрын
  • Sadriddin qori surhandaryolik mining mahallamdan shunaqa qorilar kupayivirsn

    @farhodqurbonov7262@farhodqurbonov726219 күн бұрын
  • Juda chiroyli

    @JorabekHayitmurodov@JorabekHayitmurodovАй бұрын
  • Машааллох углим илмингизни Аллохим Зиёда кисин куз тегмасин ота онангиз рохатингизни курсин сизга ухшаган корилар юртимизда купайсин илохим

    @user-hv8vx4fs4q@user-hv8vx4fs4q18 күн бұрын
  • Оллох илимизди зиёда килсин кори ака мани углим хам укияпти илохим сиздай овоз сохиби булсин ❤❤❤❤

    @user-po6lx3ow1k@user-po6lx3ow1k21 күн бұрын
  • Оллох рози килсин бу кории болам кайерлик кайси масжидда

    @ahmadullomamajonov6322@ahmadullomamajonov632216 күн бұрын
  • Ilohim ovoziga qoyil

    @abdumumunbeknazarov8699@abdumumunbeknazarov869923 күн бұрын
  • ❤❤❤

    @zikrlar@zikrlarАй бұрын
KZhead