Bobur Arena stadionida qurilish ishlari olib borilmoqda!.. (11.03.2023)

2023 ж. 10 Нау.
3 015 Рет қаралды

“Bobur Arena” stadionidagi taʼmirlash ishlari davom ettirilmoqda
Andijon viloyati hokimi topshirigʻi bilan maxsus yigʻilish oʻtkazildi. Unda Andijon viloyati futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Bekzod Karimov, “Andijon” klubi bosh direktori Ulugʻbek Mirzayev, Andijon viloyati moliya boshqarmasi rahbari Sardor Rahmonov, Andijon viloyati gʻaznachilik boshligʻi Baxtiyor Umarov, “Bobur Arena” stadioni mulkdori hisoblanmish Andijon viloyati olimpiya va paralimpiya sport turlariga sportchilarni tayyorlash markazi direktori Dilshodbek Rahimov, ushbu markaz bosh buxgalteri Halilulloh Lochinbekov hamda maydon chimini va projektorni yangilash boʻyicha taʼmirlash ishlarini olib borayotgan pudratchi korxona menejeri Yahyo Toshtemirov qatnashdilar.
“Andijon” klubining Superliga 1-turida mehmonda “Nasaf” ustidan qozongan gʻalabasidan soʻng muxlislar tomonidan hatto viloyat rahbarigacha takliflar kelib tushmoqda. Yaʼni, “Andijon” jamoasini tezroq oʻz maydoniga qaytarish va bu orqali natijalarning yanada salmoqliroq boʻlishi inobatga olinib, viloyat hokimi topshiriq berdi.
Unga koʻra, ishlarni yanada jadallashtirish boʻyicha oldinga siljish kuzatilyapti. Yechimini kutayotgan masalalar muhokama etildi.
Taʼmirlash ishlarini tezlashtirish boʻyicha yangi rejalar koʻrib chiqildi. Shu masala boʻyicha ishchi guruh yana faol ish yoʻnalishini olib bormoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
telegram.me/AndijanFA
/ andijanfa
#AFAmedia #Andijanfa #sportsnews

Пікірлер
  • Zo'r❤❤❤❤❤

    @solijonbobokulov9807@solijonbobokulov980711 ай бұрын
  • Sogʻlom avlod emasdimi buni nomi

    @rafaelfiziev172@rafaelfiziev1728 ай бұрын
  • Качан табор булади

    @user-td5gt6po6o@user-td5gt6po6o Жыл бұрын
KZhead